Ishsizlar va moddiy imkoniyati cheklanganlar kasb-hunar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi

© iStock / skynesherBiznes-trening
Biznes-trening - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
Obuna bo‘lish
Vaucher orqali fuqaro o‘zi tanlagan o‘quv markazida bilim oladi, davlat esa uning o‘qish xarajatini qoplab beradi. Ish beruvchilar o‘quv jarayonlarini kuzatib, kadrlarni tanlash imkoniga ega bo‘ladi
TOShKENT, 22 avg – Sputnik. "Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda vaucher asosida kasb va xorijiy tillarga o‘qitish tizimini joriy qilish to‘g‘risida" Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar doirasida ushbu tizim joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, ishsiz aholini, shu jumladan “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan shaxslarni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish xarajatlari davlat tomonidan maxsus vaucherlar orqali qoplab beriladi.
Tizimning asosiy jihatlari:
Ishsiz fuqarolar tuman yoki shahar bandlik bo‘limiga yoki onlayn platforma orqali murojaat qilib, o‘qish xarajatlarini davlat hisobidan qoplatishi mumkin bo‘ladi.
Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun yagona elektron ro‘yxat shakllantiriladi. Faqat belgilangan talablarga javob bergan ta’lim muassasalari reyestrga kiritiladi.
Fuqarolar qaysi ta’lim tashkilotida o‘qishni mustaqil tanlaydilar.
Ishsiz shaxs, ta’lim tashkiloti va bandlik vazirligi hududiy bo‘limi o‘rtasida u tomonlama shartnoma tuziladi.
O‘quv jarayoni va imtihonlar masofaviy monitoring orqali kuzatib boriladi hamda tinglovchilarning yakuniy imtihon natijalari asosida maxsus sertifikat beriladi.
Ish beruvchilar ham o‘quv jarayonlarini kuzatish imkoniga ega bo‘lib, bu ularga kadrlarni tanlashda qulaylik yaratadi.
Ta’kidlanishicha, yangi tartib ishsizlar va kam ta’minlangan aholiga kasb va xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatini beradi. Aholi bandligi ta’minlanib, mehnat bozorida talab yuqori mutaxassislar tayyorlanadi. Shuningdek, o‘quv markazlari o‘rtasida raqobatni kuchaytiradi va shu orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Vid s vozduxa na Tashkent s telebashni - peyzajniy snimok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2025
Bandlik, tadbirkorlik va daromadni oshirish: O‘zbekistonda yangi yondashuvlar joriy qilinadi
Yangiliklar lentasi
0