Cun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi

© Depositphotos / Sdecore3D-izobrajenie konsepta iskusstvennogo intellekta
3D-izobrajenie konsepta iskusstvennogo intellekta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2025
Obuna bo‘lish
Qarorga ko‘ra, 2026–2027 yillarda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan sun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirish uchun qo‘shimcha 100 million dollar ajratiladi.
TOShKENT, 31 okt – Sputnik. O‘zbekistonda sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etiladi. Prezident qarori bilan tegishli hujjat tasdiqlandi.

Qarorni qabul qilishning asosiy maqsadi ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish hisoblanadi.

Qarorga muvofiq, startap loyihalarni moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027 yillarda qo‘shimcha 100 million dollar miqdorida mablag‘ quyidagi maqsadlar uchun ajratilmoqda:
50 million dollar miqdorida mablag‘ beg‘araz asosda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun;
50 million dollar miqdorida mablag‘ teng ulushlarda “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining ulushi sifatida kiritilishi orqali sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun.
Mazkur mablag‘lar “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan taqsimlanishi belgilandi.
Iskusstvenniy intellekt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2025
Sun’iy intellekt loyihalariga soliq imtiyozlari e’lon qilindi
Yangiliklar lentasi
0