https://oz.sputniknews.uz/20251030/yoqub-ahmedov-53086580.html
O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi
O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi
Sputnik O‘zbekiston
Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1959-yilda Toshkent san’at institutini tamomlab, 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi (hozirgi O‘zbekiston Milliy drama teatri) teatrda ijodiy faoliyat boshlagan. Kino san’atida ham u ko‘plab unutilmas rollarni yaratgan. "Furqat", "Qora konsulning halokati", "Olovli yo‘llar", "Ketma", "O‘tgan kunlar" kabi filmlarda ijro etgan rollari milliy kino tarixida yorqin sahifalardan biri bo‘lib qoldi.
2025-10-30T10:49+0500
2025-10-30T10:49+0500
2025-10-30T11:06+0500
jamiyat
yoqub ahmedov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53088293_0:12:882:508_1920x0_80_0_0_199db8ba4a722d80cb4e75f2928a34c8.png
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sahna va kino ustasi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri ma’lum qildi.Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1959-yilda Toshkent san’at institutini tamomlab, 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi (hozirgi O‘zbekiston Milliy drama teatri) teatrda ijodiy faoliyat boshlagan.U o‘zining betakror aktorlik mahorati, chuqur psixologik talqini va sahna madaniyati bilan o‘zbek teatr san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Ahmedov yaratgan obrazlar — Ali Qushchi, Murod, Leyster, Hakimboyvachcha, Sakson Nurtoyevich, To‘lagan, Kayhisrav, Ikromjon va, albatta, Alisher Navoiy timsollari orqali tomoshabin qalbida chuqur iz qoldirgan.Kino san’atida ham u ko‘plab unutilmas rollarni yaratgan. "Furqat", "Qora konsulning halokati", "Olovli yo‘llar", "Ketma", "O‘tgan kunlar" kabi filmlarda ijro etgan rollari milliy kino tarixida yorqin sahifalardan biri bo‘lib qoldi.Ustoz aktor o‘z ijodi davomida inson ruhiyati, tafakkur va his-tuyg‘ularining nozik qatlamlarini mahorat bilan ochib berishi, har bir obrazni hayotiy va ta’sirchan talqin etishi bilan ajralib turgan.Aktor "O‘zbekiston xalq artisti" unvonidan tashqari, "Fidokorona xizmatlari uchun" va "Do‘stlik" ordenlari sohibi.San’atkorning yorqin xotirasi, ijodiy merosi, o‘zbek teatr va kino tarixidagi o‘rni xalq qalbida abadiy saqlanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251012/mudofaa-vaziri-rustam-ahmedov-52649544.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1e/53088293_71:0:855:588_1920x0_80_0_0_4cc689e0c7f8a63d1430b6b3d03c2c48.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoqub ahmedov vafot etdi ma’lumot rollar
yoqub ahmedov vafot etdi ma’lumot rollar
O‘zbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov vafot etdi
10:49 30.10.2025 (yangilandi: 11:06 30.10.2025) Uning "Olovli yo‘llar", "Ketma", "O‘tgan kunlar" kabi filmlarda ijro etgan rollari milliy kino tarixida yorqin sahifalardan biri bo‘lib qoldi.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston xalq artisti, mashhur sahna va kino ustasi Yoqub Ahmedov 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri
ma’lum qildi. Yoqub Ahmedov 1938-yil 3-yanvarda Namangan shahrida tug‘ilgan. 1959-yilda Toshkent san’at institutini tamomlab, 1958-yildan boshlab Hamza nomidagi (hozirgi O‘zbekiston Milliy drama teatri) teatrda ijodiy faoliyat boshlagan.
U o‘zining betakror aktorlik mahorati, chuqur psixologik talqini va sahna madaniyati bilan o‘zbek teatr san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirdi. Ahmedov yaratgan obrazlar — Ali Qushchi, Murod, Leyster, Hakimboyvachcha, Sakson Nurtoyevich, To‘lagan, Kayhisrav, Ikromjon va, albatta, Alisher Navoiy timsollari orqali tomoshabin qalbida chuqur iz qoldirgan.
Kino san’atida ham u ko‘plab unutilmas rollarni yaratgan. "Furqat", "Qora konsulning halokati", "Olovli yo‘llar", "Ketma", "O‘tgan kunlar" kabi filmlarda ijro etgan rollari milliy kino tarixida yorqin sahifalardan biri bo‘lib qoldi.
Ustoz aktor o‘z ijodi davomida inson ruhiyati, tafakkur va his-tuyg‘ularining nozik qatlamlarini mahorat bilan ochib berishi, har bir obrazni hayotiy va ta’sirchan talqin etishi bilan ajralib turgan.
Aktor "O‘zbekiston xalq artisti" unvonidan tashqari, "Fidokorona xizmatlari uchun" va "Do‘stlik" ordenlari sohibi.
San’atkorning yorqin xotirasi, ijodiy merosi, o‘zbek teatr va kino tarixidagi o‘rni xalq qalbida abadiy saqlanadi.