O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov vafot etdi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaRustam Axmedov
Rustam Axmedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2025
Obuna bo‘lish
Rustam Ahmedov 1991-yil 6-sentabrdan 1997-yil 29-sentabrgacha O‘zbekiston mudofaa vaziri, 1997–2000 yillarda favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lib ishlagan.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri general-polkovnik Rustam Ahmedov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ahmedov 1943-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida tavallud topgan.
1965 yilda Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini “tank qo‘shinlari taktik qo‘mondonligi” mutaxassisligi bo‘yicha, 1985-yilda esa Zirhli tank qo‘shinlari harbiy akademiyasini “qo‘mondon-shtab operativ-taktik” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
1966 yildan 1972-yilgacha qadar Boltiqbo‘yi qo‘shinlari harbiy okrugi 11-armiya tank polki tank vzvodi komandiri lavozimidan Shimoliy qo‘shinlar tankchilar diviziyasi tankchilar bataloni komandirining siyosiy bo‘lim bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan.
1972 yildan 1986-yilgacha Toshkent oliy tank qo‘mondonlik, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtlarida kursantlar batalonida komandirning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda batalon komandiri lavozimlarida xizmat o‘tagan.
1986 yildan 1991-yilgacha Toshkent viloyati fuqarolik mudofaasi komandirining o‘rinbosari – shtab boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.
1991 yildan 1992-yilgacha bir vaqtning o‘zida mustaqil O‘zbekiston Mudofaa ishlari bo‘yicha vaziri – O‘zbekiston Milliy Gvardiya qo‘mondoni lavozimida, 1992-yildan 1997-yilgacha esa O‘zbekiston mudofaa vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Rustam Ahmedov mustaqil O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri sifatida tarixdan joy oldi.
U nafaqat mudofaa tizimida, balki 1997-yil sentabr oyidan 1998-yil sentabr oyigacha favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
1998 yilda nafaqaga chiqib, bugungi kungacha yoshlarga ofitser sharafi va insoniy kamtarlik namunasi bo‘lib keldi.
Shuningdek, 2018-yildan 2020-yilgacha mudofaa vazirining maslahatchisi lavozimida mudofaa tizimining muhim yo‘nalishlarini qayta isloh qilishda faol ishtirok etgan.
Ko‘p yillik fidoyi xizmatlari uchun Sobiq ittifoq va O‘zbekiston Respublikasining bir qator orden va medallari bilan taqdirlangan.
1993 yilda O‘zbekiston Faxriy yorlig‘i va 1995-yilda II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan mukofotlangan.
O‘zbekiston milliy armiyasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun 2018-yilda "Do‘stlik"ordeni bilan taqdirlangan.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
Mirziyoyev Ismoil Jo‘rabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Yangiliklar lentasi
0