Sputnik Uzbekistan v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

Galuzin: O‘zbekiston — MDH kino hamkorligining ilg‘ori

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston MDHning qo‘shma kinomahsulotlar ishlab chiqarish sohasida yetakchilar qatorida. Moskva madaniy hamkorlikni kengaytirish niyatida.
TOShKENT, 30 okt – Sputnik. O‘zbekiston bugungi kunda haqli ravishda MDHning qo‘shma kinomahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchilaridan biri hisoblanadi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Sputnik multimedia matbuot markazi bilan videoko‘prik shaklida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Galuzinning ta’kidlashicha, Moskva Toshkent bilan ijtimoiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta ahamiyat beradi. Shuningdek, MDHning boshqa davlatlari bilan ham hamkorlik faol yo‘lga qo‘yilgan.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, xalq diplomatiyasiga — odamlarni ijod, san’at va umumiy tarixiy meros orqali birlashtiradigan sohaga — alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mavzuni davom ettirib, Rossiya Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentligi rahbarining o‘rinbosari Stanislav Bedkin O‘zbekiston MDH mamlakatlari ijodiy kuchlarini birlashtiradigan loyiha — Ulug‘ Vatan urushi haqidagi yangi serialni yaratishda asosiy ishtirokchilardan biri sifatida qatnashishi mumkinligini ta’kidladi.
Nikita Mixalkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
O‘zbekiston Yevroosiyo kinoakademiyasi tashabbusini ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0