O‘zbekiston Yevroosiyo kinoakademiyasi tashabbusini ma’qulladi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishNikita Mixalkov
Nikita Mixalkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
Obuna bo‘lish
"Brilliant kapalak" kino mukofoti tashabbusini o‘ndan ortiq davlatlar qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. 24-noyabr kuni Moskvada birinchi marotaba Yevroosiyo kinoakademiyasi taqdim etgan “Brilliant babochka” (Brilliant kapalak) kinopremiyasi taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Hozirgacha 10 dan ortiq davlat — jumladan, Belarus, Venesuela, Vyetnam, Eron, Qirg‘iziston, Kuba, Pokiston, Seyshel orollari, Serbiya, Tojikiston, Turkiya va O‘zbekiston — an’anaviy madaniy va tarixiy qadriyatlarni asrash hamda Yevroosiyo kinoakademiyasi va “Brilliant babochka” kinopremiyasi g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.
Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi va Rossiya madaniyat jamg‘armasi mukofot ta’sischilari bo‘lishdi. Yevroosiyo kinoakademiyasi davlatlar o‘rtasida qo‘shma filmlar ishlab chiqarish, tajriba almashish va an’anaviy qadriyatlarni targ‘ib etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Rossiyalik rejisor va kinopremiya tashabbuskori Nikita Mixalkov ta’kidlaganidek, Yevroosiyo kinoakademiyasi “kinematografning insoniyat hayotidagi ahamiyatini mustahkamlaydi va faqat haqiqiy, vatan va xalq muhabbati bilan sug‘orilgan filmlar”ni rag‘batlantiradi.
Baxodir Yuldashev
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2025
Mahmudxo‘ja Behbudiy hamda Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi
Yangiliklar lentasi
0