Parijdan Samarqandga: YuNESKO Bosh konferensiyasi ilk bor O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

© RIA Novosti / Maksim BogodvidZnak YuNESKO
Znak YuNESKO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.10.2025
Obuna bo‘lish
Anjumanga YuNESKO kotibiyatidan 400 kishi va tashkilotga a’zo barcha 194 ta davlatdan 6 mingga yaqin mehmonlar kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. Samarqand 30-oktabrdan 14-noyabrga qadar YuNESKOning Bosh anjumaniga mezbonlik qiladi. Bu tarixiy lahzadir, chunki tadbir 1985-yildan buyon birinchi marta YuNESKOning Parijdagi bosh qarorgohi tashqarisida o‘tkazilmoqda.
YuNESKO BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan muassasasidir. Tuzilma norasmiy ravishda “BMTning aql laboratoriyasi” deb ham ataladi. Bu yilgi sessiya YuNESKOning 80-yilligiga to‘g‘ri kelmoqda. Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan Bosh konferensiya tashkilot budjeti va faoliyat rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi.
Konfrensiya davomida mahalliy va xorijiy ekspertlar ta’lim, fan, madaniyat va nomoddiy merosni muhofaza qilishga doir dolzarb masalalarni muhokama qiladilar. O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslar – ayniqsa, madaniy meros obyektlarini raqamlashtirish, yoshlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish borasidagi takliflar alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuningdek, konferensiya doirasida Ijroiya kengashi a’zolari saylanadi hamda har to‘rt yilda tashkilotning bosh direktori tayinlanadi.
O‘zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi so‘nggi yillarda ramziy darajadan strategik yo‘nalishga aylandi. YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi mazkur yo‘lning mantiqiy davomi bo‘ladi. Ilk bor O‘zbekiston global muloqotda faqat ishtirokchi emas, balki uning mazmunini shakllantiruvchi mamlakat sifatida qatnashadi.
Bugun Markaziy Osiyo XXI asrning eng muhim geosiyosiy va geoiqtisodiy makonlaridan biriga aylandi. Bu hudud geografiya, sivilizatsiya, resurs nuqtayi nazaridan kuch markazlari o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.

Ushbu xalqaro tadbirning Samarqandda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma’noga ega bo‘lib, ushbu qadimiy shaharning G‘arb va Sharqni bog‘lovchi Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim tuash nuqtasi sifatida tarixiy ahmiyatiga ham urg‘u beradi.
Bosh konfrensiya O‘zbekistonga o‘zining global madaniy, ma’naviy muloqotdagi o‘rnini yanada mustahkamlab, jahon hamjamiyatida oldida respublikani ochiq va tashabbuskor davlat sifatida namoyon qilish uchun ulkan imkoniyat yaratadi.
6 mingga yaqin mehmonlar tashrif buyurishi kutilayotgan anjumanga ikki yil davomida jiddiy tayyorgarlik ko‘rildi. Infratuzilmaga sarmoyalar kiritildi, O‘zbekistonning boy tarixi va madaniy merosini targ‘ib qiluvchi tadbirlar tayyorlandi.

Mehmonlar uchun “Silk Road Samarkand” majmuasidagi 8 ta mehmonxonada 1176, boshqa 130 ta mehmonxonada 4178 ta xona ajratilib, forum kunlari uchun band qilib qo‘yilgan.

Samarqand, Toshkent, Buxoro va Xiva shaharlarida madaniy ko‘rgazmalar, turdi tadbir va ekskursiyalar hamda O‘zbekistonning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi media-kampaniyalar tashkil etish rejalashtirilgan.
Prezident Uzbekistana vstretilsya s generalnim direktorom YuNESKO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Mirziyoyev YuNESKO bosh direktori bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar
Yangiliklar lentasi
0