Iqlim sammiti: O‘zbekiston uglerod neytralligi, tiklanuvchi energiya va ekologiya maqsadlari

© Press-slujba Ministestva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata V Nyu-Yorke proshel Klimaticheskiy sammit
V Nyu-Yorke proshel Klimaticheskiy sammit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
BMT Iqlim sammitida O‘zbekiston energetika samaradorligi, qayta tiklanuvchi manbalar va uglerod neytralligiga erishish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 24 sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva tashabbusi bilan Iqlim sammiti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda 100 taga yaqin davlat, jumladan, 40 ta mamlakat yetakchilari ishtirok etdi.
Uchrashuv asosiy e’tibor noyabr oyida Braziliyaning Belen shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Konvensiyasi (COP30) doirasidagi navbatdagi konferensiyaga tayyorgarlikka qaratildi.
Sammit davomida Parij bitimiga qo‘shilgan davlatlar, ya’ni global issiqxona gazlari tashlamalarining uchdan ikki qismiga sabab bo‘layotgan mamlakatlar o‘z milliy hissalarini (NDC) yangilaganini yoki yangilash ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
© Press-slujba Ministestva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata V Nyu-Yorke proshel Klimaticheskiy sammit
V Nyu-Yorke proshel Klimaticheskiy sammit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
V Nyu-Yorke proshel Klimaticheskiy sammit
Sammitda O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov O‘zbekistonning erishgan yutuqlari va rejalari haqida taqdimot qildi.

“O‘zbekiston amaldagi NDC 2.0 doirasida issiqxona gazlari chiqindilarini bazaviy darajaga nisbatan 34,8% ga qisqartirishga allaqachon erishdi. Bu ko‘rsatkich 2030-yil uchun belgilangan majburiyatlar deyarli bajarilganini anglatadi. Hozirda esa NDC 3.0 tayyorlanmoqda va COP30 sammitida taqdim etiladi”, — deya ta’kidladi Kazbekov.

Shuningdek, O‘zbekiston tomonidan quyidagi asosiy maqsadlar ta’kidlandi:
— kelgusi besh yil ichida qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini 25 000 MVtga yetkazish va uning energetika balansidagi ulushini 54% gacha oshirish;
— iqtisodiyotning barcha sohalarida energiya samaradorligini ikki barobarga oshirish;
— qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish darajasini 95% ga yetkazish, shundan 35% qayta ishlanib, energiya olii;
— o‘rmon maydonlarini 6,1 million gektargacha kengaytirish, jumladan, Orolbo‘yida keng ko‘lamli o‘rmonlarni tiklash ishlari olib borish;
— alohida muhofaza qilinadigan hududlar ulushini mamlakat hududining 14,5% gacha oshirish;
— 2050-yilga borib uglerod neytralligiga erishish.
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.07.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII iqlim bo‘yicha yagona qoidalarni ishlab chiqadi
Yangiliklar lentasi
0