Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Overchuk: Rossiya Yevroosiyoda hamkorlik ko‘priklarini qurmoqchi va o‘zi ham bunday ko‘prikdir

© Press slujba Pravitelstva RFZamestitel Predsedatelya Pravitelstva Rossii Aleksey Overchuk vistupil na Vostochnoaziatskom sammite
Zamestitel Predsedatelya Pravitelstva Rossii Aleksey Overchuk vistupil na Vostochnoaziatskom sammite - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2025
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zosi sifatida tuzayotgan erkin savdo kelishuvlari ijobiy natija bermoqda.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Rossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Aleksey Overchuk Malayziyada Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) doirasida o‘tayotgan 20-Sharqiy Osiyo sammitida nutq so‘zladi.
Quyida uning nutqidagi asosiy fikrlar keltirilgan:
Mintaqa mamlakatlari uchun yangi global xatarlar - resurslarga talab ortib borishi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, suvdan foydalanish imkoniyati, tarif to‘siqlar sharoitida hamkorlikni kuchaytirish muhimdir.
Ko‘p qutbli dunyoda yangi o‘sish markazlari - Shimoliy Yevroosiyo, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Xitoy va Hindiston o‘rtasida iqtisodiy muvozanat izlash kerak.
Rossiya ASEAN bilan hamkorlikka hamda Shimoliy Yevroosiyo va YeOII o‘rtasidagi aloqalarni, shu jumladan, YeOII erkin savdo kelishuvlarini mustahkamlashga katta ahamiyat qaratmoqda.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik logistikani yaxshilashni taqozo etadi: Rossiya "Sharq-G‘arb" va "Shimol-Janub" yo‘laklarini rivojlantirmoqda, Uzoq Sharq portlari quvvatini kengaytirmoqda, yangi konteyner yo‘nalishlarini yaratmoqda va Shimoliy dengiz yo‘lini rivojlantirish ustida ishlayapti.
Rossiya oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishda yetakchi bo‘lib qolmoqda va global oziq-ovqat xavfsizligiga hissa qo‘shmoqda.
Arzon energiyadan foydalanish - taraqqiyotning muhim omili: Rossiya - energiya resurslarining ishonchli yetkazib beruvchisi va atom energetikasida, jumladan, kichik atom elektr stansiyalari loyihalarida yetakchi.
Rossiya Yevroosiyoda va qit’alar o‘rtasida "hamkorlik ko‘priklari"ni qurishga intiladi; Sharqiy Osiyo hamjamiyatining maqsadlari Katta Yevroosiyo sherikligi konsepsiyasi bilan hamohang.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Fregat Tarkash VMS Indii v Sankt-Peterburge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo zonasi qanday biznes imkoniyatlarini ochadi?
Yangiliklar lentasi
0