https://oz.sputniknews.uz/20250905/eaeu-india-erkin-savdo-zona-biznes-imkoniyat-51765319.html
YeOII va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo zonasi qanday biznes imkoniyatlarini ochadi?
YeOII va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo zonasi qanday biznes imkoniyatlarini ochadi?
Sputnik O‘zbekiston
Semmi Kotvani: YeOII–Hindiston erkin savdo zonasi sarmoyadorlar uchun qulaylik yaratadi
2025-09-05T17:08+0500
2025-09-05T17:08+0500
2025-09-05T17:08+0500
o‘zbekiston va yeoii
savdo
iqtisod
biznes
yeoii
sharqiy iqtisodiy forum
hindiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/19/32509390_0:398:2048:1550_1920x0_80_0_0_7be915157adec81b827f8da279ad0ae1.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Hindiston biznes alyansi prezidenti Semmi Kotvani Sharqiy iqtisodiy forum doirasida SputnikLive muxbiriga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo zonasi qanday biznes imkoniyatlarini ochishi haqida so‘zlab berdi."Bu bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va investorlar uchun yanada qulay muhit yaratadi", — dedi u.Kotvanining fikricha, Hindiston va YeOII o‘rtasida erkin iqtisodiy zona yaratish g‘oyasi hind biznesi uchun juda jozibador. “Bunday tuzilma bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va investorlar uchun yanada qulay muhit yaratadi,” — dedi u.Uning fikricha, eng muhimi — Rossiya resurslari va texnologiyalari hind innovatsiyalari va ko‘lami bilan uyg‘unlashishi mumkin bo‘lgan qo‘shma ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratish. Uzoq muddatli istiqbolda bunday kelishuv nafaqat tovar ayirboshlashni oshiradi, balki sanoat va madaniy hamkorlikni ham chuqurlashtiradi.“Bu Hindiston va YeOII kelajakda yangi arxitektura yaratish va yangi iqtisodiy maqsadlarga erishish bo‘yicha o‘z zimmasiga mas’uliyat olishi mumkinligi haqida ishonchli signal bo‘ladi,” - deya xulosa qildi Hindiston biznes alyansi prezidenti.
https://oz.sputniknews.uz/20250821/hindiston-eoii-savdo-bitim-51393479.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/19/32509390_0:206:2048:1742_1920x0_80_0_0_f691e3303a139eb5efce013e5deafe23.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii hindiston erkin savdo zonasi, hindiston biznes imkoniyatlari, yeoii savdo munosabatlari, rossiya hindiston iqtisodiy hamkorlik, farmatsevtika to‘qimachilik it xizmatlari, sharqiy iqtisodiy forum yeoii, sarmoya va qo‘shma ishlab chiqarish
yeoii hindiston erkin savdo zonasi, hindiston biznes imkoniyatlari, yeoii savdo munosabatlari, rossiya hindiston iqtisodiy hamkorlik, farmatsevtika to‘qimachilik it xizmatlari, sharqiy iqtisodiy forum yeoii, sarmoya va qo‘shma ishlab chiqarish
YeOII va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo zonasi qanday biznes imkoniyatlarini ochadi?
Hindiston va YeOII erkin savdo zonasi bo‘yicha texnik topshiriq imzoladi, bu yo‘nalishda ular tez harakat qilish niyati bor, dedi Rossiya bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Overchuk Sharqiy iqtisodiy forumda
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Hindiston biznes alyansi prezidenti Semmi Kotvani Sharqiy iqtisodiy forum doirasida SputnikLive muxbiriga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Hindiston o‘rtasidagi erkin savdo zonasi qanday biznes imkoniyatlarini ochishi haqida
so‘zlab berdi.
"Bu bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va investorlar uchun yanada qulay muhit yaratadi", — dedi u.
Uning ta’kidlashicha, Hindiston kompaniyalari uchun bu farmatsevtika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va AT-xizmatlar kabi sohalarda Rossiya va Yevroosiyo bozoriga yo‘l ochilishidir. Shuningdek, YeOII mamlakatlari va Rossiya uchun esa bu Hindistonning yirik iste’mol bozori va ishlab chiqarish quvvatlariga eshiklarni ochadi.
Kotvanining fikricha, Hindiston va YeOII o‘rtasida erkin iqtisodiy zona yaratish g‘oyasi hind biznesi uchun juda jozibador.
“Bunday tuzilma bojxona tartib-taomillarini soddalashtiradi, xarajatlarni kamaytiradi va investorlar uchun yanada qulay muhit yaratadi,” — dedi u.
Uning fikricha, eng muhimi — Rossiya resurslari va texnologiyalari hind innovatsiyalari va ko‘lami bilan uyg‘unlashishi mumkin bo‘lgan qo‘shma ishlab chiqarish imkoniyatlarini yaratish. Uzoq muddatli istiqbolda bunday kelishuv nafaqat tovar ayirboshlashni oshiradi, balki sanoat va madaniy hamkorlikni ham chuqurlashtiradi.
“Bu Hindiston va YeOII kelajakda yangi arxitektura yaratish va yangi iqtisodiy maqsadlarga erishish bo‘yicha o‘z zimmasiga mas’uliyat olishi mumkinligi haqida ishonchli signal bo‘ladi,” - deya xulosa qildi Hindiston biznes alyansi prezidenti.