https://oz.sputniknews.uz/20251028/ozbekiston-serbiya-muzokaralar-53046413.html
O‘zbekiston va Serbiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Serbiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
2025-10-28T19:10+0500
2025-10-28T19:10+0500
2025-10-28T19:10+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
aleksandr vuchich
serbiya
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1c/53046569_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_db73dd515ad295d2a03d6f3b68f6aa94.jpg
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.Mirziyoyev Serbiya yetakchisini samimiy qutlar ekan, hamkorlik davridagi birinchi sammit tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishini va O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishini ta’kidladi.Muzokaralarda alohida e’tibor tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, agrosanoat majmui, turizm hamda ko‘plab boshqa muhim tarmoqlarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlash masalalariga qaratildi.“Markaziy Osiyo – Bolqon” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklarini, jumladan, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantirish muhimligi qayd etildi.Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida kelgusi yilda Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28-31 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi. Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251009/uzbekistan-serbia-uchrashuv-loyiha-52573660.html
serbiya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/1c/53046569_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6cdeda1d49598fa6cc6afcefb8051bde.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev serbiya prezidenti aleksandr vuchich muzokaralar rasmiy tashrif
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev serbiya prezidenti aleksandr vuchich muzokaralar rasmiy tashrif
O‘zbekiston va Serbiya prezidentlarining muzokaralari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabar berdi. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev Serbiya yetakchisini samimiy qutlar ekan, hamkorlik davridagi birinchi sammit tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishini va O‘zbekiston – Serbiya munosabatlarini sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishini ta’kidladi.
“Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligi nishonlanayotgan yilda rasmiy tashrifingiz tarixiy voqeadir. O‘zbekistonda Serbiyaga katta xayrixohlik bilan qarashadi. Xalqlarimizni mustahkam do‘stlik rishtalari va o‘xshash mentalitet bog‘lab turadi”, – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Muzokaralarda alohida e’tibor tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, mashinasozlik, farmatsevtika, kimyo sanoati, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish, agrosanoat majmui, turizm hamda ko‘plab boshqa muhim tarmoqlarda keng ko‘lamli kooperatsiya dasturini tayyorlash masalalariga qaratildi.
“Markaziy Osiyo – Bolqon” yo‘nalishida yangi transport yo‘laklarini, jumladan, Transkaspiy koridori doirasida rivojlantirish muhimligi qayd etildi.
Hamkorlikning iqtisodiy kun tartibini ilgari surish maqsadida kelgusi yilda Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga kelishib olindi.
Tartibli mehnat migratsiyasi, madaniy-gumanitar va ta’lim sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 28-31 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston – Serbiya ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilinadi. Vuchich faxriy mehmon sifatida shu hafta Samarqand shahrida boshlanadigan YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ham ishtirok etadi.