Markaziy bank raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

© SputnikPodpis dokumenta, arxivnoe foto
Podpis dokumenta, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.10.2025
Obuna bo‘lish
Markaziy bank raisiga uch nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi.
TOShKENT, 28 okt – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy bankida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Nodirbek Achilov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Achilov bunga qadar Monetar operatsiyalar departamentiga rahbarlik qilgan.
Sanjar Nosirov Markaziy bank raisining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bungacha Nosirov Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti rahbari lavozimida ishlagan.
Nusratulla Fazilov ham Markaziy bank raisining o‘rinbosari bo‘ldi. Fazilov ilgari Banklarni prudensial nazorati departamentiga rahbarlik qilgan.
Perviy zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0