https://oz.sputniknews.uz/20241211/timur-ishmetov-47042462.html
Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘ldi
Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Timur Ishmetov 1979-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan, 2005-yilda Birmingem universitetidan moliya-bank yo‘nalishida magistr darajasini olgan. 2007-yilda Toshkent yuridik universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan.U 24-yillik mehnat faoliyatining 19-yilini Markaziy bankda o‘tkazgan.
2024-12-11T17:00+0500
2024-12-11T17:00+0500
2024-12-11T17:00+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘zbekiston oliy majlisi senati
markaziy bank
sherzod asadov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/685/18/6851863_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_679afb44a1d462eff781d7115c7a5e37.jpg
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov tayinlandi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodi taqdim etilgani haqida xabar berdi. Oliy Majlisi Senatining Kengashi prezidentning taqdimnomasiga muvofiq Timur Ishmetovni Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.Ishmetov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va xuquqshunos mutaxassisliklariga ega.Mehnat faoliyatini 2000-yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlab, 2001–2004 yillarda katta ekspert-analitik, Valyuta birjasi va tashqi aloqalar departamenti rahbari bo‘lgan. 2004–2008 yillarda Pul-kredit operatsiyalari departamentida ishlagan. 2008–2009 yillarda Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti, 2009-2010 yillarda Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, 2010–2017 yillarda Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentini boshqargan.Timur Ishmetov MB raisining birinchi o‘rinbosari sifatida 2-yil faoliyat yuritgach, 2019-yil may oyida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. 2020-yil fevraliga kelib, u moliya vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 2022-yil oxirigacha faoliyat yuritdi.Ishmetov 2022-yil dekabrda O‘zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Ravshan G‘ulomov)ning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20241211/mamarizo-nurmuratov-markaziy-bank-rais-lavozim-ozod-47042173.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/685/18/6851863_181:0:1081:675_1920x0_80_0_0_65425b59e341158fb373e90624b1f928.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
timur ishmetov markaziy bank raisi ma’lumot biografiya
timur ishmetov markaziy bank raisi ma’lumot biografiya
Timur Ishmetov Markaziy bank raisi bo‘ldi
Prezident maslahatchisining o‘rinbosari Markaziy bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov tayinlandi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Timur Ishmetov nomzodi taqdim etilgani haqida xabar berdi.
"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Markaziy bank boshqaruvi raisi lavozimiga Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov nomzodini Oliy Majlis Senatiga taqdim etdi", — deb yozadi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining
Telegram-kanalida. Oliy Majlisi Senatining Kengashi prezidentning taqdimnomasiga muvofiq Timur Ishmetovni Markaziy banki boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ishmetov 1979-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2005-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem universitetini, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Moliya va xuquqshunos mutaxassisliklariga ega.
Mehnat faoliyatini 2000-yilda Markaziy bank iqtisodchisi lavozimidan boshlab, 2001–2004 yillarda katta ekspert-analitik, Valyuta birjasi va tashqi aloqalar departamenti rahbari bo‘lgan. 2004–2008 yillarda Pul-kredit operatsiyalari departamentida ishlagan. 2008–2009 yillarda Xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti, 2009-2010 yillarda Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalar departamenti, 2010–2017 yillarda Valyuta boshqaruvi va nazorati departamentini boshqargan.
Timur Ishmetov MB raisining birinchi o‘rinbosari sifatida 2-yil faoliyat yuritgach, 2019-yil may oyida moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazildi. 2020-yil fevraliga kelib, u moliya vaziri etib tayinlandi va bu lavozimda 2022-yil oxirigacha faoliyat yuritdi.
Ishmetov 2022-yil dekabrda O‘zbekiston prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Ravshan G‘ulomov)ning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi.