https://oz.sputniknews.uz/20250829/tajikistan-kelishuv-imzo-51595199.html
Tojikiston MOda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Tojikiston MOda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.
2025-08-29T14:29+0500
2025-08-29T14:29+0500
2025-08-29T14:30+0500
markaziy osiyo
emomali rahmon
qozog‘iston
o‘zbekiston
qirg‘iziston
turkmaniston
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1d/51591458_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_9c75da9b6aa656cf61d498e6d152371b.jpg
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, mazkur shartnomasini imzolash marosimi 28-avgust kuni Dushanbeda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan. Eslatib o‘tamiz, shartnoma doirasida Markaziy Osiyo davlatlari quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi:Shartnomani 2022-yil 21-iyul kuni Cho‘lponota shahrida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari imzolagan edi. O‘shanda Tojikiston va Turkmaniston o‘z mamlakatlarida ichki davlat tartib-tamoyillarini yakunlash zarurligini aytib, hujjatni imzolamagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20250331/ozbekiston-tojikiston-qirgiziston-chegara-48666609.html
qozog‘iston
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1d/51591458_57:0:968:683_1920x0_80_0_0_c17ce68bdcdd0e8d384b6a2d573f1026.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tojikiston, markaziy osiyo, shartnoma, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, urushmaslik, tinchlik va barqarorlik, hamkorlik, qo‘shni davlatlar, muloqot orqali hal qilish, suv-energetika resurslari, mintaqaviy hamkorlik, etnik, madaniy va diniy himoya, prezident emomali rahmon, qozog‘iston tashqi ishlar vaziri, markaziy osiyo 21-asrda rivojlanishi
tojikiston, markaziy osiyo, shartnoma, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, urushmaslik, tinchlik va barqarorlik, hamkorlik, qo‘shni davlatlar, muloqot orqali hal qilish, suv-energetika resurslari, mintaqaviy hamkorlik, etnik, madaniy va diniy himoya, prezident emomali rahmon, qozog‘iston tashqi ishlar vaziri, markaziy osiyo 21-asrda rivojlanishi
Tojikiston MOda do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
14:29 29.08.2025 (yangilandi: 14:30 29.08.2025) Mazkur shartnoma 2022-yilda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari tomonidan imzolangan. Tojikiston va Turkmaniston esa uni keyinroq imzolashga va’da bergan edi.
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha,
mazkur shartnomasini imzolash marosimi 28-avgust kuni Dushanbeda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan.
Hujjatni to‘liq amalga oshirish mintaqada tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash hamda mustahkamlash omillaridan biri ekani ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, shartnoma doirasida Markaziy Osiyo davlatlari quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladi:
har qanday nizoli masalalarni faqat tinch yo‘l bilan, muloqot orqali hal qilish;
davlatlararo munosabatlarda kuch ishlatmaslik; shartnoma ishtirokchilariga qarshi yo‘naltirilgan harbiy ittifoqlar yoki bloklarga qo‘shilmaslik hamda bunday harakatlarda ishtirok etmaslik;
ushbu mamlakatlarda istiqomat qilayotgan etnoslarning til, madaniy va diniy o‘ziga xosligini himoya qilish;
tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish va yana ko‘plab boshqa bandlarni o‘z ichiga oladi.
Shartnomani 2022-yil 21-iyul kuni Cho‘lponota shahrida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari imzolagan edi. O‘shanda Tojikiston va Turkmaniston o‘z mamlakatlarida ichki davlat tartib-tamoyillarini yakunlash zarurligini aytib, hujjatni imzolamagan edi.