Toshkent ekologiyasi: gaz tozalash uskunalari, havo monitoringi, ko‘mirdan voz kechish rejasi

© Sputnik / Baxrom XatamovTashkent v preddverii leta: gorod s visoti maya
Tashkent v preddverii leta: gorod s visoti maya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2025
Obuna bo‘lish
Loyiha hududdagi eng dolzarb ekologik muammolardan biri — sanoat korxonalari va issiqxona xo‘jaliklaridan kelib chiqadigan ifloslovchi moddalar chiqarish darajasining yuqoriligini hal etishga qaratilgan.
TOShKENT, 27 okt – Sputnik. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo ifloslanishining oldini olishga qaratilgan qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’lum qilishicha, tegishli hujjat Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan.
Hujjatda quyidagi chora-tadbirlar rejalashtirilgan:
hududdagi sanoat korxonalari va issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish;
issiqxonalarda mavjud qozonlarni, ularning amaldagi talablarga javob bermasligini hisobga olib, zamonaviy energiya samarador va ekologik toza tizimlar bilan almashtirish;
issiqxona va sanoat obyektlarini ko‘mirni ishlatmasdan boshqa alternativ energiya manbalariga o‘tkazish;
korxonalarga ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tashlamalarni tozalash tizimlarini, mahalliy tozalash inshootlarini, avtomatik havo monitoringi stansiyalarini o‘rnatish uchun moliyaviy rag‘batlar taqdim etish, shu jumladan, grant mexanizmlari yordamida.
Aytilishicha, ushbu chora-tadbirlar Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun qulayroq ekologik sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Letnyaya atmosfera v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2025
Ekologiyada muhim qadam: Toshkentda 400 mingta daraxt elektron bazaga kiritildi
Yangiliklar lentasi
0