Mirziyoyev YuNESKO bosh direktori bilan uchrashdi — muhokama etilgan masalalar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vstretilsya s generalnim direktorom YuNESKO
Prezident Uzbekistana vstretilsya s generalnim direktorom YuNESKO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Obuna bo‘lish
Odri Azule O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak baholadi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijda BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO) bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda ushbu nufuzli tuzilma bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari, shuningdek, joriy yilning kuzida Samarqandda tashkilot Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
YuNESKOning 43-sessiyasi “Silk Road Samarkand”da o‘tkaziladi
“Bosh direktor Odri Azule O‘zbekiston bilan sermahsul hamkorlikni yuksak baholab, bo‘lajak tadbirga keng ko‘lamli tayyorgarlik ko‘rilayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasidagi forum va tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha yaqindan hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Sessiya so‘nggi 40-yil ichida birinchi marta YuNESKOning Parijdagi qarorgohidan boshqa joyda o‘tkaziladi. Bu voqea tashkilotning 80-yilligiga to‘g‘ri keladi.
Uchrashuvda quyidagilar ma’lum qilindi:
O‘zbekiston tashabbusi bilan axborotdan foydalanish va bolalar ta’limi masalalari bo‘yicha rezolyutsiyalar qabul qilindi;
mamlakat Madaniy boyliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro markazga a’zo bo‘ldi;
Buxoro "Kreativ shaharlar tarmog‘i"ga qo‘shildi. Samarqanddagi Ipak yo‘li universitetida YuNESKO kafedrasi ochildi;
o‘tgan yili ta’lim, madaniyat, raqamli va innovatsion texnologiyalar sohalarida 7 ta yangi loyihani amalga oshirish boshlandi.
Turon cho‘llari va Zarafshon-Qoraqum yo‘lagi, ipakchilik, kulolchilik, rubob chalish va iftorlik an’analari, "Buxoro amiri devonxonasi arxivi", "Turkiston albomi", "Xudoybergan Devonov fotoalbomi" YuNESKOning maxsus ro‘yxatlariga kiritildi.
O‘zbekiston va UNESCO hamkorligi qanday rivojlanmoqda — infografika
Nachalsya gosudarstvenniy vizit prezidenta Uzbekistana vo Fransiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2025
Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi boshlandi
Yangiliklar lentasi
0