https://oz.sputniknews.uz/20251024/turar-joy-majmualari-ozbekcha-52948841.html
Yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomi o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi
Yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomi o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari davlat tili qoidalari va meyorlariga muvofiq nomlanishi shart bo‘ladi. Hukumatning 22-oktabrdagi qarori bilan qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
2025-10-24T13:07+0500
2025-10-24T13:07+0500
2025-10-24T13:07+0500
jamiyat
o‘zbekiston
o‘zbek tili
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/14/49459785_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_ae241ceaea38f46ca60d7e0af93bca45.jpg
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari davlat tili qoidalari va meyorlariga muvofiq nomlanishi shart bo‘ladi. Hukumatning 22-oktabrdagi qarori bilan qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.Qurilish obektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, jumladan, reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.Hududiy qurilish inspeksiyalarining obyektlarni qurish va foydalanishga topshirish uchun ruxsatnomalar berishdagi ishtiroki kengayadi. Quruvchilar ularga mualliflik, texnik va ichki nazorat bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim etishlari shart.Qolaversa, Oliy sudning E-XSUD elektron tizimi va ekologik ruxsatnomalar berish tizimi "Shaffof qurilish" platformasi hamda Kadastr agentligi tizimi bilan integratsiya qilinadi. Dekabr oxirigacha davlat xizmatlari markazlari va YaIDXPda qurilgan obyektlarni qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish xizmatini ishga tushirish vazifasi topshirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251020/vokzal-stantsiyalar-nomlari-davlat-tili-52836920.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/14/49459785_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_0a51a5cb61378232e87a758b48d755b1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turar joy majmualari nomi o‘zbekcha
turar joy majmualari nomi o‘zbekcha
Yangi qurilayotgan turar joy majmualari nomi o‘zbekcha bo‘lishi talab etiladi
Bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar ham davlat tilida bo‘lishi shart.
TOShKENT, 24 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yildan yangi qurilayotgan turar joy majmualari davlat tili qoidalari va meyorlariga muvofiq nomlanishi shart bo‘ladi. Hukumatning 22-oktabrdagi qarori bilan qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar
kiritildi. Qurilish obektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, jumladan, reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.
Xususan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab qurilayotgan turar joy majmualari nomlari davlat tilida bo‘lishi, davlat tili qoidalari va meyorlariga rioya etishi lozim.
Hududiy qurilish inspeksiyalarining obyektlarni qurish va foydalanishga topshirish uchun ruxsatnomalar berishdagi ishtiroki kengayadi. Quruvchilar ularga mualliflik, texnik va ichki nazorat bo‘yicha tegishli hujjatlarni taqdim etishlari shart.
Qolaversa, Oliy sudning E-XSUD elektron tizimi va ekologik ruxsatnomalar berish tizimi "Shaffof qurilish" platformasi hamda Kadastr agentligi tizimi bilan integratsiya qilinadi. Dekabr oxirigacha davlat xizmatlari markazlari va YaIDXPda qurilgan obyektlarni qabul qilish dalolatnomalarini rasmiylashtirish xizmatini ishga tushirish vazifasi topshirilgan.