O‘zbekistondagi vokzal va stansiyalar nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi

© Sputnik / Baxrom XatamovJeleznodorojniy vokzal goroda Djizak
Jeleznodorojniy vokzal goroda Djizak - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2025
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jami 320 ta obyekt kiritilgan.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. O‘zbekistondagi barcha vokzallar, stansiyalar nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi. Bu Hukumatning 17-oktabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Transport vazirligi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi 3 oy muddatda vokzal, stansiya va razyezdlarda o‘rnatilgan peshlavhalar va axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va meyorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek yozuvida yozilishini ta’minlashi lozim.
Nomlarning muvofiqlashtirilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar hamda ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Ro‘yxatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi jami 320 ta vokzal, stansiya va razyezd kiritilgan.
© Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.10.2025 yildagi 651-sonStansiyalar nomi
Stansiyalar nomi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2025
Stansiyalar nomi
Misol uchun, qarorda keltirilgan ro‘yxatga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda amaldagi nomi Kungrad, Turtkul, Xodjeyli bo‘lgan vokzallar davlat tili qoidalari bo‘yicha Qo‘ng‘irot, To‘rtko‘l, Xo‘jayliga o‘zgartiriladi.
Uchastnitsa paralimpiadi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2024
Aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlar yaratiladi
Yangiliklar lentasi
0