O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi: Toshkentda Ishbilarmonlik klubining IV majlisi bo‘lib o‘tdi

© SputnikZasedanie v Torgpredstve
Zasedanie v Torgpredstve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Tadbirda respublika bozorida faol faoliyat yuritayotgan 30 taga yaqin Rossiya kompaniyasi ishtirok etdi.
TOShKENT, 25 sen – Sputnik. Toshkentdagi Rus uyida Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi huzuridagi Ishbilarmonlik klubining to‘rtinchi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Tadbir respublika bozorida faol faoliyat yuritayotgan 30 taga yaqin Rossiya kompaniyasi hamda Rossiya Savdo vakolatxonalari huzuridagi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi, Tatariston va Boshqirdiston respublikalari, Rossiya FBX, Rossiya eksport markazi va Rossotrudnichestvo vakillarini birlashtirdi.
Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev moderatorlik qildi.
© SputnikZasedanie v Torgpredstve
Zasedanie v Torgpredstve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
Zasedanie v Torgpredstve

"Federal bojxona xizmati statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 10 milliard dollardan oshdi. Bu sur’at saqlanib qolinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya kapitali yoki mamlakatimiz fuqarolari muassislari bo‘lgan 3000 tadan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, Rossiya biznesi an’anaviy eksport modelidan ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kabi murakkab mexanizmlarga o‘tishni boshladi", - dedi Zligostev.

Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Aleksey Yerxov yig‘ilganlarga tabrik so‘zi bilan murojaat qildi.
Majlis doirasida Navoiy sanoatni rivojlantirish majmuasida yangi ishlab chiqarish maydonchasini rivojlantirish va tashkil etish rejalari, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotiqdagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati muhokama qilindi, shuningdek, O‘zbekistonda “Chernogolovka”, “Magnit”, “Grass”, SBER School 21 dasturlash maktabi va boshqalar qanday ishlayotgani haqida suhbatlashishdi.
Ishtirokchilar kompaniyalarning muvaffaqiyatlari bilan o‘rtoqlashishdi, faoliyat jarayonida duch keladigan qiyinchiliklar haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston bozoridagi mavjud vaziyat va o‘zbekistonlik va rossiyalik tadbirkorlarning o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida fikr almashishdi.
Tadbir “ochiq mikrofon” formatidagi munozara bilan yakunlandi.
Rossiya i Uzbekistan dogovorilis o vzaimnom priznanii elektronnoy podpisi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.09.2025
O‘zbekiston va Rossiya elektron imzoni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv imzoladi
Yangiliklar lentasi
0