https://oz.sputniknews.uz/20251023/yoldosh-aloqa-qamrov-oshish-52935202.html
O‘zbekistonda sputnik aloqa texnologiyalari rivojlantiriladi— yangi qonun
O‘zbekistonda sputnik aloqa texnologiyalari rivojlantiriladi— yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonda olis hududlarda yo‘ldosh aloqa tizimlari joriy etiladi. 2026-yildan soliq va bojxona imtiyozlari beriladi, internet qamrovi kengayadi.
2025-10-23T18:49+0500
2025-10-23T18:49+0500
2025-10-23T18:49+0500
o‘zbekiston
jamiyat
mobil aloqa
prezident qarori
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0e/46115189_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_b09b9bf398a48983b8e10d60cf7e0dde.jpg
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekistonda yo‘ldosh aloqa texnologiyalari rivojlantiriladi. Bu haqda PQ–313-sonli prezident qarori qabul qilindi.Hujjatla aytilishiga ko‘ra, ushbu aloqa turi olis va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratishga yordam beradi.Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq loyihalarga imtiyozlar beriladi:
https://oz.sputniknews.uz/20251017/kosmik-52765781.html
https://oz.sputniknews.uz/20250309/mask-starlink-ukraina-armiya-48313887.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0e/46115189_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_64c9841ea6f21ff441ba42d0087b2894.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yo‘ldosh aloqa, yo‘ldosh internet, prezident qarori, o‘zbekiston, olis hududlar, telekommunikatsiya, raqamli rivojlanish, internet qamrovi, soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari, past orbita, starlink o‘xshash tizimlar, raqamli iqtisodiyot
yo‘ldosh aloqa, yo‘ldosh internet, prezident qarori, o‘zbekiston, olis hududlar, telekommunikatsiya, raqamli rivojlanish, internet qamrovi, soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari, past orbita, starlink o‘xshash tizimlar, raqamli iqtisodiyot
O‘zbekistonda sputnik aloqa texnologiyalari rivojlantiriladi— yangi qonun
Sputnik aloqasi olis va yer usti tarmoqlari bo‘lmagan hududlarda telekommunikatsiya uchun qulay sharoitlar yaratishga yordam beradi.
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. O‘zbekistonda yo‘ldosh aloqa texnologiyalari rivojlantiriladi. Bu haqda PQ–313-sonli prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatla aytilishiga ko‘ra, ushbu aloqa turi olis va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratishga yordam beradi.
“Yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilandi”, - deyiladi qaror matnida.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq loyihalarga imtiyozlar beriladi:
import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;
yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.