https://oz.sputniknews.uz/20251017/kosmik-52765781.html
Kosmik sohada sun’iy intellektdan foydalanish boshlanadi
Kosmik sohada sun’iy intellektdan foydalanish boshlanadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
2025-10-17T10:09+0500
2025-10-17T10:09+0500
2025-10-17T10:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
o‘zbekkosmos
astronomlar
loyiha
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/11/52758816_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_1c88352dec6e6da48c01bc2d2bf9f004.jpg
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda grezident matbuot xizmati xabar berdi.Taqdimotda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish bosqichma-bosqich kengaymoqda. Xususan, prezidentning 30-sentabrdagi farmoniga muvofiq, endilikda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar agentligi yiliga kamida uch marta davlat kosmik monitoringini o‘tkazadi.Shuningdek, taqdimotda o‘zboshimcha qurilishlar masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Yil boshidan 33 mingdan ortiq noqonuniy qurilish aniqlangan bo‘lib, ularning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi yerlariga qurilgan.Bundan tashqari, Mirziyoyev kosmik sohada ta’lim ekotizimini yaratish, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va yo‘ldoshli aloqa orqali uzoq hududlarda qamrovni kengaytirish muhimligini ta’kidlagan. 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga tayyorgarlik ishlari ham boshlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20250930/daraxt-kesish-er-qurilish-elektr-kosmos-nazorat-52359234.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/11/52758816_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ca8af989e3e6b554f12e0ffa6bc44209.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Kosmik sohada sun’iy intellektdan foydalanish boshlanadi
Endilikda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar agentligi yiliga kamida uch marta davlat kosmik monitoringini o‘tkazadi.
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kosmik monitoring orqali iqtisodiyotda yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda grezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Taqdimotda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda mamlakatda aerokosmik ma’lumotlardan foydalanish bosqichma-bosqich kengaymoqda. Xususan, prezidentning 30-sentabrdagi farmoniga muvofiq, endilikda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar agentligi yiliga kamida uch marta davlat kosmik monitoringini o‘tkazadi.
Statistikaga ko‘ra, yil boshidan buyon auksionga 172 ta kon chiqarilgan. Biroq kosmik monitoring orqali 2 mingdan ortiq noqonuniy kon ishlatish holati aniqlangani ma’lum qilingan. Bosh prokuraturaga bu borada sun’iy yo‘ldosh tahlillaridan samarali foydalanish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, taqdimotda o‘zboshimcha qurilishlar masalasiga ham e’tibor qaratilgan. Yil boshidan 33 mingdan ortiq noqonuniy qurilish aniqlangan bo‘lib, ularning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi yerlariga qurilgan.
“Kosmik kuzatuvlar yordamida iqtisodiy faollikni oshirish maqsadida bo‘sh yer uchastkalari aniqlanmoqda. O‘tgan o‘rganishlar davomida oltita hududda 300 gektardan ziyod bo‘sh yer qayd etilgan, shu jumladan Toshkent shahrining o‘zida 95 gektar yer auksionga chiqarilgan”, – deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda kosmik sohada sun’iy intellektdan foydalanish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Daraxtlarning noqonuniy kesilishi, metan sizib chiqishi, quyosh panellarining holati, yo‘llar va elektr tarmoqlaridagi nosozliklarni aniqlash kabi vazifalarni avtomatlashtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Mirziyoyev kosmik sohada ta’lim ekotizimini yaratish, kosmik texnologiyalarni rivojlantirish va yo‘ldoshli aloqa orqali uzoq hududlarda qamrovni kengaytirish muhimligini ta’kidlagan. 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga tayyorgarlik ishlari ham boshlangan.