Jahon chempionatida o‘zbekistonlik kurashchilar kumush va bronza medal oldi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishGreko-rimskie borsi iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na chempionate mira U23 v Serbii
Greko-rimskie borsi iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na chempionate mira U23 v Serbii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga dastlabki medallarni Abror Atabayev kumush va Hojiakbar Qo‘chqorovlar olib keldi
TOShKENT, 23 okt – Sputnik. Serbiyada o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha U23 jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizati xabar berdi.
Yunon-rum kurashchisi Abror Atabayev musobaqaning kumush medali, Hojiakbar Qo‘chqorov esa bronza medaliga sazovor bo‘ldilar.
-72 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abror Atabayev final yo‘lida Xitoy, neytral maqomda kurashgan Rossiya, Gruziya va Qozog‘iston vakillarini mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Biroq hal qiluvchi bosqichda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berdi va dunyo birinchiligini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishGreko-rimskie borsi iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na chempionate mira U23 v Serbii
Greko-rimskie borsi iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na chempionate mira U23 v Serbii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.10.2025
Greko-rimskie borsi iz Uzbekistana zavoyevali prizovie mesta na chempionate mira U23 v Serbii
-55 kgda kurashgan Hojiakbar Qo‘chqorov esa chorak finalda ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy bergach, o‘tish bosqichida Xitoy, bronza medali uchun bahsda esa Eron vakilini mag‘lubiyatga uchratdi.
Kurash - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.10.2025
O‘zbekiston kurashchilari Osiyo yoshlar o‘yinlarida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Yangiliklar lentasi
0