https://oz.sputniknews.uz/20251022/moskva-uzbekistan-ombudsman-52889353.html
Moskvada ombudsman O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi
Moskvada ombudsman O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Ombudsman Feruza Eshmatova Rossiyaga tashrif buyurib, O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdi. Uchrashuvda mehnat migratsiyasi, ro‘yxatdan o‘tish, ta’lim va ijtimoiy himoya masalalari muhokama etildi
2025-10-22T12:48+0500
2025-10-22T12:48+0500
2025-10-22T12:48+0500
rossiya
o‘zbekiston
migratsiya
migrantlar
ombudsman
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/16/52889181_0:240:1280:960_1920x0_80_0_0_ff922ff7bcdfaf4bc6856f620424afcc.jpg
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar berdi.Tashrif doirasida ombudsman Moskva shahridagi elchixonada O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuv fuqarolar duch kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.Unda Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova va uning jamoasi, shuningdek, Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi, ruxsatnomalar va vizalar bilan ishlash departamenti vakillari ishtirok etdilar.Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni O‘zbekiston va Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakillar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Unda inson huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolar murojaatlarini birgalikda ko‘rib chiqish, monitoringlar o‘tkazish, migrantlar o‘rtasida huquqiy xabardorlikni oshirish yo‘nalishlar belgilangan.
https://oz.sputniknews.uz/20251002/russia-patent-rasmiylashtirish-tashkent-52413736.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/16/52889181_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_da3c1cdfae87a66073301ec8279b6d1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
feruza eshmatova, ombudsman, o‘zbekiston, rossiya, moskva, fuqarolar, inson huquqlari, mehnat migratsiyasi, ijtimoiy himoya, ro‘yxatdan o‘tish, ta’lim, tatyana moskalkova, oliy majlis, “yo‘l xaritasi”, hamkorlik, huquqiy yordam, fuqarolar murojaatlari, o‘zbekiston elchixonasi, huquqiy xabardorlik
feruza eshmatova, ombudsman, o‘zbekiston, rossiya, moskva, fuqarolar, inson huquqlari, mehnat migratsiyasi, ijtimoiy himoya, ro‘yxatdan o‘tish, ta’lim, tatyana moskalkova, oliy majlis, “yo‘l xaritasi”, hamkorlik, huquqiy yordam, fuqarolar murojaatlari, o‘zbekiston elchixonasi, huquqiy xabardorlik
Moskvada ombudsman O‘zbekiston fuqarolari bilan muloqot o‘tkazdi
Feruza Eshmatova Rossiyaga tashrif doirasida Moskvada fuqarolar bilan uchrashib, ular duch kelayotgan huquqiy va ijtimoiy masalalarni muhokama qildi.
TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasiga tashrif buyurdi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati
xabar berdi.
Tashrif doirasida ombudsman Moskva shahridagi elchixonada O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashdi.
Mazkur uchrashuv fuqarolar duch kelayotgan muammolarga amaliy yechim topish maqsadida tashkil etildi.
Unda Rossiyaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova va uning jamoasi, shuningdek, Rossiyaning Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi tashqi mehnat migratsiyasi, ruxsatnomalar va vizalar bilan ishlash departamenti vakillari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlarda, jumladan, vaqtincha ishlash uchun kelgan shaxslar faoliyati, mehnat shartlari, ro‘yxatdan o‘tish (propiska), maktab ta’limi kabi sohalarda duch kelayotgan masalalar bo‘yicha fikr almashdilar.
Eslatib o‘tamiz, 30-iyul kuni O‘zbekiston va Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakillar o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolangan edi. Unda inson huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolar murojaatlarini birgalikda ko‘rib chiqish, monitoringlar o‘tkazish, migrantlar o‘rtasida huquqiy xabardorlikni oshirish yo‘nalishlar belgilangan.