Baxtiyor Saidov YeI va qator davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi

© press-slujba MIDBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov Mintaqalararo xavfsizlik va o‘zaro bog‘liqlik masalalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Shuningdek u YeI, Latviya, Kipr vakillari bilan muloqotlar o‘tkazdi
TOShKENT, 21 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Lyuksemburg shahrida bo‘lib o‘tgan Mintaqalararo xavfsizlik va o‘zaro bog‘liqlik masalalari bo‘yicha vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mintaqalararo bog‘liqlik faqat infratuzilmaviy yo‘nalishlar bilan cheklanib qolmasdan, ishonchni mustahkamlash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va xalqlar farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim omil ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir doirasida vazir Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yozef Sikela bilan muzokaralar o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy dinamikani saqlab qolish va kuchaytirish, yaqinda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar kun tartibini muhokama etish, shuningdek, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
© press-slujba MIDBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Braje bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqot, savdo va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada chuqurlashtirishga bo‘lgan o‘zaro intilish tasdiqlandi.
© press-slujba MIDBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov Kipr tashqi ishlar vaziri Konstantinos Kombos bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni turli yo‘nalishlarda rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar faol muloqotni izchil davom ettirish va yangi, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni izlab topish bo‘yicha kelishib oldilar.
© press-slujba MIDBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Yana bir suhbat Yevropa Komissiyasining Kengayish masalalari bo‘yicha komissari Marta Kos bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda barqaror va farovon kelajakni ta’minlashda mustahkam sheriklik hamda umumiy qarashlarning ahamiyati ta’kidlandi.
© press-slujba MIDBaxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2025
Baxtiyor Saidov prinyal uchastie v ministerskoy vstreche po mejregionalnoy bezopasnosti i vzaimosvazannosti
V Dushanbe sostoyalas vstrecha glav MID stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
MDH tashqi ishlar vazirlari Dushanbeda ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0