MDH tashqi ishlar vazirlari Dushanbeda ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qildi

© Baxtiyor Saidov/TelegramV Dushanbe sostoyalas vstrecha glav MID stran SNG
V Dushanbe sostoyalas vstrecha glav MID stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Saidov MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Uchrashuvda MDH doirasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

"Bugun Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etdik. Hamkasblarimiz bilan birgalikda MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, iqtisodiy, gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash bilan bog‘liq keng ko‘lamli masalalarni ko‘rib chiqdik"deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.

Muhokamalar yakunida Kengash MDH Davlat rahbarlari Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan bir qator hujjatlar loyihalari ma’qullandi.
Organizatsiya Obyedinyonnix Natsiy
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Nyu-Yorkda Saidov qator davlatlar TIV rahbarlari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0