https://oz.sputniknews.uz/20250430/ozbekiston-rossiya-fuqarolar-huquq-nazorat-49107009.html
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolar huquqlarini nazorat qilishni kuchaytiradi
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolar huquqlarini nazorat qilishni kuchaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2025-04-30T13:00+0500
2025-04-30T13:00+0500
2025-04-30T13:00+0500
migratsiya
migrantlar
o‘zbekiston
rossiya
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49106163_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_21f8247ab7149e1971d318e51ff18ca0.jpg
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya fuqarolar huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh prokuraturasi matbuot xizmati. Moskvada mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi ishtirok etdi. Tadbir davomida tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishdi. Aytilishicha, yig‘ilishda ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi. Bosh prokuraturalar O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga borishi hamda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kelishlari jarayonida ularning huquqlarga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini olishdi. Qayd etilishicha, imzolangan bayonnoma ijrosi O‘zbekiston va Rossiya bosh prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250429/rossiya-ozbekiston-maqom-rasmiylashtirish-49088383.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/1e/49106163_74:0:1211:853_1920x0_80_0_0_cc8795ce23568cc6b8c7999e8d70a21a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish o‘zbekiston-rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘zbekiston bosh prokuror o‘rinbosari shoxrux aminov
moskva mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish o‘zbekiston-rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘zbekiston bosh prokuror o‘rinbosari shoxrux aminov
O‘zbekiston va Rossiya fuqarolar huquqlarini nazorat qilishni kuchaytiradi
Moskvada migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilindi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya fuqarolar huquqlariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi, deya xabar berdi O‘zbekiston bosh prokuraturasi
matbuot xizmati. Moskvada mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi ishtirok etdi.
Tadbir davomida tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yo‘llarini muhokama qilishdi.
Aytilishicha, yig‘ilishda ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni ta’minlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib olindi.
Bosh prokuraturalar O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga borishi hamda Rossiya fuqarolarining O‘zbekistonga kelishlari jarayonida ularning huquqlarga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini olishdi.
“Delegatsiyalar rahbarlari mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston–Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi majlisida qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzolashdi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, imzolangan bayonnoma ijrosi O‘zbekiston va Rossiya bosh prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.