https://oz.sputniknews.uz/20251020/sifat-mahsulot-jarima-ozod-52837562.html
Sifatsiz mahsulotni chaqirib olganlar jarimadan ozod bo‘ladi
Sifatsiz mahsulotni chaqirib olganlar jarimadan ozod bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi Qonunda tizimdagi mas’uliyatni kuchaytirish nazarda tutilgan. Endi xavfli mahsulot yetkazgan zarar uchun baholash organlari ham javobgar bo‘ladi, standartga mos kelmagan mahsulotni chaqirib olganar esa jarimadan ozod etiladi
2025-10-20T14:17+0500
2025-10-20T14:17+0500
2025-10-20T14:17+0500
o‘zbekiston
yangi qonun
tovar
mahsulot
import
jamiyat
fuqaro
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46071303_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b42e60ac64457468396f7c40c0aae15c.jpg
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Majburiy talablarga mos bo‘lmagan mahsulotning kamida yetmish foizini chaqirib olgan yuridik shaxslar moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi. Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Hujjatga ko‘ra, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo‘ladi. Texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchilar ham belgilangan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinishi belgilandi.Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan muvofiqlikni baholash organi va uning mansabdor shaxslari qonunga hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250418/standartlash-va-sertifikatlash-tizimidagi-kamchiliklar-sanab-otildi-48944558.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/0a/0b/46071303_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_be4c1575ff6e2227359d0fe9d5c8ec42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangi qonun, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, baholash organi, javobgarlik, xavfli mahsulot, texnik reglament, moliyaviy sanksiya, adliya vazirligi, o‘zbekiston, 2025-yil, standart talablari, yuridik shaxslar
yangi qonun, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, baholash organi, javobgarlik, xavfli mahsulot, texnik reglament, moliyaviy sanksiya, adliya vazirligi, o‘zbekiston, 2025-yil, standart talablari, yuridik shaxslar
Sifatsiz mahsulotni chaqirib olganlar jarimadan ozod bo‘ladi
Yangi qonun bilan sertifikatlashtirishni takomillashtirish va javobgarlikni kuchaytirishga oid o‘zgartishlar kiritildi. Hujjat mahsulot xavfsizligi va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Majburiy talablarga mos bo‘lmagan mahsulotning kamida yetmish foizini chaqirib olgan yuridik shaxslar moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi. Ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Hujjatga ko‘ra, muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sog‘ligiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo‘ladi.
Standartlarning majburiy talablariga mos bo‘lmagan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslar belgilangan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinadi.
Texnik reglamentlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida yetmish foizini qonunchilikda belgilangan tartibda chaqirib olgan ishlab chiqaruvchi, ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili, sotuvchi yoki import qiluvchilar ham belgilangan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilinishi belgilandi.
Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzgan muvofiqlikni baholash organi va uning mansabdor shaxslari qonunga hamda sertifikatlashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladi.