https://oz.sputniknews.uz/20251020/rossiya-ozbekistonlik-xalqaro-yuk-tashuvchi-haydovchilar-52841513.html
Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi
Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ayrim haydovchilar “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda. Migratsiya agentligi har bir yuk avtomobili haydovchisi quyidagilarga qat’iy rioya qilishi shartligini bildirdi.
2025-10-20T15:01+0500
2025-10-20T15:01+0500
2025-10-20T15:01+0500
migratsiya
migrantlar
migratsiya agentligi
haydovchilar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45810876_0:72:1348:830_1920x0_80_0_0_4d5d26b1c711feaa6cba008a76af4779.jpg
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolayotganidan ogohlantirdi.Ma’lum qilinishicha, 2025-yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk tashishlarning 25 foizga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ko‘plab fuqarolar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda.Migratsiya agentligi har bir yuk avtomobili haydovchisi quyidagilarga qat’iy rioya qilishi shartligini bildirdi:Agar xato sodir bo‘lgan bo‘lsa, darhol Rossiya Ichki ishlar organlariga yozma ariza bilan murojaat qilish, hujjatlar orqali safarning haqiqiy maqsadini isbotlash, agar “kirishi taqiqlanganlar” ro‘yxatiga tushirishgan bo‘lsa, apellyatsiya berish orqali ro‘yxatdan chiqarishni talab qilish mumkin.Migratsiya agentligi muammoli holatlarda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishga chaqirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251016/russia-migratsiya-siyosat-52737656.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45810876_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_6bafdc07ec16c85718c52a56ada6289c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar ogohlik
rossiya o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar ogohlik
Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi
Migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ko‘plab fuqarolar “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolayotganidan
ogohlantirdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk tashishlarning 25 foizga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Biroq migratsiya qoidalariga amal qilmaslik oqibatida ko‘plab fuqarolar Rossiya ichki ishlar organlarining “kirishi man etilgan shaxslar” ro‘yxatiga tushib qolmoqda.
Migratsiya agentligi har bir yuk avtomobili haydovchisi quyidagilarga qat’iy rioya qilishi shartligini bildirdi:
chegaradan o‘tish vaqtida migratsion kartani aniq va to‘g‘ri to‘ldirish (maqsad grafasida — “turizm” emas, “slujebnaya” yoki “tranzit”ni ko‘rsatish).
Rossiyaga kirgandan so‘ng 15 ish kuni mobaynida migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilishi lozim (bu odatda qabul qiluvchi tashkilot yoki ish beruvchi zimmasida bo‘ladi).
90/365 muddatini doimiy ravishda nazorat qilish (ya’ni 365 kunlik davrda 90 kundan ortiq qolib ketmaslik);
transport vositasi buzilishi yoki boshqa fors-major holat yuz bersa — albatta rasmiy akt yoki dalolatnoma olish.
“Har bir harakat — faqat rasmiy hujjat bilan asoslangan bo‘lishi kerak. Takroriy huquqbuzarliklar 3–10 yil muddatga Rossiyaga kirish taqiqini keltirib chiqaradi”, - deyiladi agentlik xabarida.
Agar xato sodir bo‘lgan bo‘lsa, darhol Rossiya Ichki ishlar organlariga yozma ariza bilan murojaat qilish, hujjatlar orqali safarning haqiqiy maqsadini isbotlash, agar “kirishi taqiqlanganlar” ro‘yxatiga tushirishgan bo‘lsa, apellyatsiya berish orqali ro‘yxatdan chiqarishni talab qilish mumkin.
Migratsiya agentligi muammoli holatlarda agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishga chaqirdi.