Rossiyada 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi migratsiya siyosati tasdiqlandi

© Sputnik / Pavel Lisisin
Obuna bo‘lish
Farmon konsepsiyasi nafaqat sifatli kadrlarni jalb etish, balki xavfsizlik masalalarini ham o‘z ichiga olgan.
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan Davlat migratsiya siyosati konsepsiyasini tasdiqladi.
Yangi hujjat Rossiyaga kelayotgan xorijiy fuqarolar oqimini tartibga solish, milliy xavfsizlikni mustahkamlash va mehnat bozoridagi ehtiyojlarni muvozanatlashtirishni maqsad qilgan.
Asosiy yo‘nalishlar quyidagilar:
Ishchi kuchi oqimini boshqarish: Rossiya iqtisodiyoti ehtiyojlariga mos malakali ishchilarni jalb qilish mexanizmlari kuchaytiriladi;
Fuqarolik olishni soddalashtirish: ayrim toifalar uchun fuqarolikka qabul qilish soddalashtiriladi (jumladan, harbiy xizmatda bo‘lganlar, Rossiyaga xizmat ko‘rsatgan shaxslar va ularning oila a’zolari);
Biometrik nazorat kuchaytiriladi: Rossiyaga kirayotgan xorijliklardan barmoq izlari, surat va tibbiy ma’lumotlar olinadi;
Rossiya madaniyati va qadriyatlariga hurmat: doimiy yashashga keluvchilardan rus tilini, tarixini va qonunlarni bilish talab qilinadi;
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash: noqonuniy mehnat faoliyati, hujjatsiz yashash va boshqa qonunbuzarliklar uchun jazolar kuchaytiriladi;
Axborot siyosati: migratsiya jarayonlari haqida jamoatchilikka doimiy axborot berish yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjat 2030-yilga qadar migratsiyani tartibga soluvchi asosiy strategik yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi va har yili prezidentga uning ijrosi yuzasidan hisobot taqdim etiladi.
