https://oz.sputniknews.uz/20251020/nizo-sud-hal-qonun-ozgartirish-52844688.html
Nizolarni sudsiz hal qilish tizimi bo‘yicha qonunga o‘zgartishlar kiritildi
Nizolarni sudsiz hal qilish tizimi bo‘yicha qonunga o‘zgartishlar kiritildi
Sputnik O‘zbekiston
Mediatsiya tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qilindi. Hujjat fuqarolar va tadbirkorlar nizolarini tez hal etish, sudlar yuklamasini kamaytirish hamda mediatorlar faoliyatini huquqiy jihatdan mustahkamlashni ko‘zda tutadi.
2025-10-20T17:01+0500
2025-10-20T17:01+0500
2025-10-20T17:01+0500
o‘zbekiston
yangi qonun
sud
fuqaro
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/07/26905567_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_553cd946b985f36327b7267a8852c72b.jpg
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni tez va samarali, mediativ yo‘l bilan hal etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. Hujjat bilan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qo‘llanilishini rag‘batlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirish belgilangan.Mediativ kelshuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar: Mediator tomonidan mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.Ma’lumot uchun: mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli;mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs;mediativ kelishuv — mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv.
https://oz.sputniknews.uz/20250714/soliq-nizolar-ekspert-kengash-qaror-50511207.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/07/26905567_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_fec91cdaf86b546b0d618d7fda52eb60.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, yangi qonun, mediatsiya, mediator, fuqarolik nizolari, tadbirkorlik, sud yuklamasi, adliya vazirligi, ijro varaqasi, kelishuv, huquqiy islohotlar, uzbekiston
o‘zbekiston, yangi qonun, mediatsiya, mediator, fuqarolik nizolari, tadbirkorlik, sud yuklamasi, adliya vazirligi, ijro varaqasi, kelishuv, huquqiy islohotlar, uzbekiston
Nizolarni sudsiz hal qilish tizimi bo‘yicha qonunga o‘zgartishlar kiritildi
Hujjat fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni sudsiz va tez hal qilish amaliyotini keng joriy etishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 20 okt – Sputnik. Fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni tez va samarali, mediativ yo‘l bilan hal etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi. Hujjat bilan amaldagi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati
ma’lum qildi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi nizolarni samarali va tezkor ravishda hal etishga, mediatsiya tartib-taomillarining hamma joyda qo‘llanilishini rag‘batlantirish orqali sudlardagi yuklamani maqbullashtirish belgilangan.
Mediativ kelishuv taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, uni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ish mediativ kelishuv tuzgan tarafning arizasiga binoan ko‘rib chiqiladi.
Mediativ kelshuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish quyidagi hollarda rad etiladi, agar:
mediativ kelishuv qonunchilikka zid bo‘lsa;
mediativ kelishuvning ijro etilishi talab qilinayotgan shartlari o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa;
mediativ kelishuvda belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilgan bo‘lsa;
mediativ kelishuvni majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza mediativ kelishuvni ixtiyoriy ijro etish muddati tugagan kundan e’tiboran olti oy o‘tganidan keyin berilgan bo‘lsa, bundan o‘tkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilgan va tiklangan hollar mustasno.
Mediator tomonidan mediatsiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, Mediatorning kasb etikasi qoidalari buzilganligi unga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.
mediatsiya — kelib chiqqan nizoni taraflar o‘zaro maqbul qarorga erishishi uchun ularning ixtiyoriy roziligi asosida mediator ko‘magida hal qilish usuli;
mediator — mediatsiyani amalga oshirish uchun taraflar tomonidan jalb etiladigan shaxs;
mediativ kelishuv — mediatsiya taraflari tomonidan erishilgan kelishuv.