https://oz.sputniknews.uz/20250714/soliq-nizolar-ekspert-kengash-qaror-50511207.html
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi — yangi qaror
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi — yangi qaror
Sputnik O‘zbekiston
Kengash Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladi. 14.07.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-07-14T09:23+0500
2025-07-14T09:23+0500
2025-07-14T11:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
savdo-sanoat palatasi
soliq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0e/50516597_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_131062af56e2a08f0f3f510588066b79.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli qarorda nazarda tutilgan.“Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Hujjatga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2-marta o‘tkaziladi.Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:
https://oz.sputniknews.uz/20250421/bozor-raqobat-tadbirkorlar-engilliklar-48972459.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/07/0e/50516597_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_a8631b1f3ccd29f43a3f9159ffbb8fbc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, savdo-sanoat palatasi, soliq
jamiyat, o‘zbekiston, savdo-sanoat palatasi, soliq
Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi — yangi qaror
09:23 14.07.2025 (yangilandi: 11:35 14.07.2025) Kengash Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
“Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib tadbirkorlar va soliq organlari o‘rtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish belgilandi”, — deyiladi hujjat matnida.
Hujjatga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari bo‘yicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar bo‘yicha ekspert kengashi tashkil etiladi.
Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2-marta o‘tkaziladi.
Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni ko‘rib chiqishda quyidagi vakolatlar beriladi:
soliq organlarining qarorlaridan norozi bo‘lgan tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida ko‘rib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno;
murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilish;
qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda ko‘rib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilish.