https://oz.sputniknews.uz/20251017/trump-putin-telefon-muhokama-52770921.html
Tramp va Putin telefon orqali 2,5 soat nimalarni muhokama qilishdi?
Tramp va Putin telefon orqali 2,5 soat nimalarni muhokama qilishdi?
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan muzokaralar 2,5 soat davom etdi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki yetakchining sakkizinchi marta bevosita muloqoti bo‘lib, ayni suhbat Rossiyaning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Ushakov uchrashuvning mazmunli va foydali o‘tgani alohida ta’kidladi.
2025-10-17T11:01+0500
2025-10-17T11:01+0500
2025-10-17T11:01+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
dunyoda
vladimir putin
donald tramp
telefon muloqoti
rossiya
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/578/29/5782930_0:222:2854:1827_1920x0_80_0_0_d166386b30c919b75370cb3403cc5ad1.jpg
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan muzokaralar 2,5 soat davom etdi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki yetakchining sakkizinchi marta bevosita muloqoti bo‘lib, ayni suhbat Rossiyaning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Ushakov uchrashuvning mazmunli va foydali o‘tgani alohida ta’kidladi.Budapeshtda sammit rejalashtirilmoqdaSuhbat davomida tomonlar Rossiya va AQSh rahbarlari darajasidagi yangi uchrashuvni tashkil etish masalasini muhokama qilishgan. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Budapeshtni ehtimoliy uchrashuv joyi sifatida taklif qilgan va bu taklifni Vladimir Putin qo‘llab-quvvatlagan.Ukraina bo‘yicha pozitsiyalarMuzokaraning asosiy mavzularidan biri — Ukraina bo‘yicha vaziyat bo‘lgan. Putin Rossiyaning diplomatik yechim tarafdori ekanini yana bir bor bildirgan va harbiy harakatlar borasidagi pozitsiyasini tushuntirgan.Suhbat davomida Putinning AQShdan Ukrainaga "Tomagavk" raketalarini yetkazib berish ehtimoliga nisbatan fikri ham yangradi.O‘z navbatida, Tramp ushbu urushni o‘z faoliyatidagi eng murakkab tinchlik masalasi deb atab, tez orada uni yakunlash zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.Aloqalar, diplomatiya va samimiyatSuhbat davomida Tramp Yaqin Sharqda tinchlikka erishgani uchun Putinning tabrigini qabul qildi. Shuningdek, Putin AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampga bolalar masalasidagi faoliyati uchun minnatdorlik izhor qilgan.Ushakovning ta’kidlashicha, Tramp Vladimir Zelenskiy bilan bo‘ladigan uchrashuvda Putin fikrlarini hisobga olishini bildirgan.Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vladimir Putin AQShning Ukrainaga o‘z raketalarini yetkazib berishi – bu oradagi munosabatlarga nisbatan qattiq zarba bo‘lishini hamda Ukraina muammosi yuzasidan AQSh Rossiyaga raqib emas, balki maslakdosh bo‘lgandagina nizo barham topishi mumkinligi haqida aytgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20251012/rossiya-ukraina-mojaro-52647589.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/578/29/5782930_62:0:2793:2048_1920x0_80_0_0_dd017cae3c4f2d5b07ef5df91cfc75ac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tramp putin telefon muloqot sammit
tramp putin telefon muloqot sammit
Tramp va Putin telefon orqali 2,5 soat nimalarni muhokama qilishdi?
Muzokaraning asosiy mavzularidan biri — Ukraina bo‘yicha vaziyat bo‘lgan.
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan muzokaralar 2,5 soat davom etdi. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov
ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki yetakchining sakkizinchi marta bevosita muloqoti bo‘lib, ayni suhbat Rossiyaning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Ushakov uchrashuvning mazmunli va foydali o‘tgani alohida ta’kidladi.
Budapeshtda sammit rejalashtirilmoqda
Suhbat davomida tomonlar Rossiya va AQSh rahbarlari darajasidagi yangi uchrashuvni tashkil etish masalasini muhokama qilishgan. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Budapeshtni ehtimoliy uchrashuv joyi sifatida taklif qilgan va bu taklifni Vladimir Putin qo‘llab-quvvatlagan.
“Tomonlar sammitga tayyorgarlikni darhol boshlash bo‘yicha kelishib oldilar. Aniq sanalar tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Marko Rubio muzokaralari davomida aniqlashtiriladi”, — dedi Ushakov.
Ukraina bo‘yicha pozitsiyalar
Muzokaraning asosiy mavzularidan biri — Ukraina bo‘yicha vaziyat bo‘lgan. Putin Rossiyaning diplomatik yechim tarafdori ekanini yana bir bor bildirgan va harbiy harakatlar borasidagi pozitsiyasini tushuntirgan.
“Rossiya Qurolli kuchlari butun front chizig‘i bo‘ylab strategik tashabbusni qo‘lga olgan. Biroq Kiyev tinch aholiga zarba berishda davom etmoqda, Moskva esa bunga javob qaytarishga majbur”, — dedi prezident yordamchisi.
Suhbat davomida Putinning AQShdan Ukrainaga "Tomagavk" raketalarini yetkazib berish ehtimoliga nisbatan fikri ham yangradi.
“Ular jangovar holatga ta’sir qilmaydi, ammo Rossiya-AQSh munosabatlariga sezilarli zarar yetkazadi”, — degan Putin.
O‘z navbatida, Tramp ushbu urushni o‘z faoliyatidagi eng murakkab tinchlik masalasi deb atab, tez orada uni yakunlash zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Aloqalar, diplomatiya va samimiyat
Suhbat davomida Tramp Yaqin Sharqda tinchlikka erishgani uchun Putinning tabrigini qabul qildi. Shuningdek, Putin AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampga bolalar masalasidagi faoliyati uchun minnatdorlik izhor qilgan.
Ushakovning ta’kidlashicha, Tramp Vladimir Zelenskiy bilan bo‘ladigan uchrashuvda Putin fikrlarini hisobga olishini bildirgan.
“Prezident Tramp ushbu muloqotni juda samarali deb atadi va muhim siljishlarga erishilganini ta’kidladi”, — dedi Ushakov.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Vladimir Putin AQShning Ukrainaga o‘z raketalarini yetkazib berishi – bu oradagi munosabatlarga nisbatan qattiq zarba bo‘lishini hamda Ukraina muammosi yuzasidan AQSh Rossiyaga raqib emas, balki maslakdosh bo‘lgandagina nizo barham topishi mumkinligi haqida
aytgan edi.