O‘zbekistonda biznes shaffofligini oshirish – xalqaro mutaxassislar tavsiyalari

© Sputnik
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Seminarlarda mutaxassislar hududiy budjetlarning ochiqlik darajasini baholash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. 14-17 oktabr kunlari Rossiya Moliya vazirligi va Moliya ilmiy-tadqiqot instituti (MITI) vakillari Toshkentda ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Ular O‘zbekiston va Rossiya moliya vazirliklari orasidagi Hamkorlik dasturi doirasida 7-yildan beri o‘tkaziladi.
Seminarlarda mutaxassislar hududiy budjetlarning ochiqlik darajasini baholash bo‘yicha tavsiyalar berishdi, O‘zbekiston Respublikasining davlat xaridlari tizimini muhokama qilishdi, shuningdek, yashirin iqtisodiyotning oldini olish choralari, deklaratsiyasiz soliq rejimlari shaklida soliq ma’muriyatchiligining sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tish hamda bojxona-tarif tartibga solish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Povishenie prozrachnosti biznesa v RUz – soveti mejdunarodnix ekspertov
© Vladimir Tretyakov/Sotrudnik NIFI
“Biz O‘zbekiston Moliya vazirligiga kelajakda barcha naqd pulsiz hisob-kitoblarni fiskallashtirish tizimiga o‘tishni taklif etdik. Bu deklaratsiyasiz soliq tizimining keyingi bosqichidir”, - dedi mutaxassis Milyausha Pinskaya.
Deklaratsiyasiz soliq hisob-kitoblari - soliqni avtomatik ravishda hisoblash va ushlab qolish tizimi bo‘lib, unda soliq to‘lovchining o‘zi deklaratsiya topshirishi shart emas.
Naqd pulsiz hisob-kitoblarni umumiy fiskallashtirish - yondashuvning keyingi bosqichidir: har bir naqd pulsiz operatsiya davlat tizimida qayd etiladi, bu esa soliq idoralariga mablag‘lar harakatini kuzatish va tadbirkorlar ishtirokisiz soliqlarni hisoblash imkonini beradi.

Povishenie prozrachnosti biznesa v RUz – soveti mejdunarodnix ekspertov
© Vladimir Tretyakov/Sotrudnik NIFI
Seminarlardan birida yashirin iqtisodiyotni shakllantirishda naqd pul hamon asosiy omillardan biri ekanligi ta’kidlandi. O‘zbekiston va Rossiyada naqd pul bilan hisob-kitob qilishga cheklovlar allaqachon Fuqarolik kodeksida belgilangan.
Mutaxassislar fikricha, limitlarni bosqichma-bosqich joriy etish maqsadga muvofiq - dastlab yuqori chegaralarni o‘rnatib, so‘ng iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatni baholab, ularni pasaytirish kerak. Ammo oddiy taqiqlar bilan muammoni hal qilib bo‘lmaydi - kombinatsiyalangan yondashuv talab etiladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, naqd pulsiz hisob-kitoblar mablag‘lar harakatini kuzatish va soliqlardan bo‘yin tovlashning oldini olish imkonini beradi.

Povishenie prozrachnosti biznesa v RUz – soveti mejdunarodnix ekspertov
© Sputnik
Yana bir muhim jihat mamlakatning yaqin kelajakda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi munosabati bilan import bojxona to‘lovlarini boshqarish masalalari bo‘ldi. Ushbu mavzuga alohida seminar bag‘ishlandi.
Mutaxassislarning joriy davr uchun asosiy tavsiyasi bojxona tariflarini boshqarishning moslashuvchan mexanizmini saqlab qolishdir, bu hukumatga o‘zgarib turuvchi iqtisodiy sharoitlarga tezkor javob berish imkoniyatini beradi.
“Biz Rossiya tajribasini baham ko‘ramiz, dunyodagi o‘zgarishlar haqida xabar qilamiz, muayan tavsiyalar beramiz. Bu juda qiziqarli va samarali muloqot deb o‘ylaymiz”, - deydi iqtisodiyot fanlari doktori, Dastur mutaxassisi Sergey Shatalov.
O‘zbekiston va Rossiya hamkorlik dasturi to‘qqizta mavzuni qamrab olib, moliyaviy boshqaruvning shaffofligini va samaradorligini oshirishga, jumladan, soliq siyosati, bojxona ma’muriyatchiligi, budjet jarayoni, ichki audit va davlat xaridlari kabi sohalarni isloh qilishga qaratilgan.

Povishenie prozrachnosti biznesa v RUz – soveti mejdunarodnix ekspertov
© Sputnik