Bortnikov: NATO, terrorizm, afg‘on “psixotrop”lari va MDHga boshqa tahdidlar haqida

© AP Photo / Gero BreloerNorvejskie moraki na bortu sudna radom s logotipom NATO
Norvejskie moraki na bortu sudna radom s logotipom NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Obuna bo‘lish
Bortnikovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb razvedkalari va NATOning faoliyati dunyoda beqarorlikka sabab bo‘lib, Markaziy Osiyo xavfsizligiga ham tahdid solmoqda
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) direktori Aleksandr Bortnikov Samarqandda bo‘lib o‘tgan MDH maxsus xizmatlari rahbarlarining yig‘ilishida qator bayonotlar bilan chiqdi.
Xususan, u quyidagilarni qayd etdi:
Dunyoning turli mintaqalarini beqarorlashtirishda NATOning yetakchi davlatlari maxsus xizmatlari asosiy rol o‘ynamoqda. London boshchiligidagi “urush partiyasi” “Rossiya tahdidi” haqidagi vahimalarni kuchaytirib, Yevropani Rossiya bilan harbiy to‘qnashuvga undamoqda. Shu orqali ular Yevropa kapitalini o‘z bozorlariga yo‘naltirishga erishmoqda — qayta qurollantirish va Ukrainaga yordam uchun ajratilgan mablag‘lar miqdori 800 milliard yevroga yetdi.
Moskva Britaniya va Ukraina maxsus xizmatlari amalga oshirayotgan teraktlar va qo‘poruvchiliklar haqida ishonchli ma’lumotlarga ega. Ular orasida “Turk oqimi” gaz quvuri va Kaspiy quvur konsorsiumi obyektlariga hujum tayyorgarliklari ham bor.
NATO harbiy va texnik yordam ko‘rsatish niqobi ostida postsovet hududida o‘z ishtirokini kengaytirmoqda, G‘arbning ayrim nohukumat tashkilotlari esa biznes-loyihalar niqobi bilan MDH davlatlari o‘rtasidagi an’anaviy aloqalarni buzmoqda.
G‘arb razvedkalari kriptohimoya tizimlarini buzishga qodir kvant texnologiyalarini ishlab chiqmoqda. Bortnikovning so‘zlariga ko‘ra, MDH davlatlari raqamli suverenitetni yo‘qotmaslik uchun kiberxavfsizlik va tarmoqlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlik takliflariga ehtiyotkorlik bilan yondashishi kerak.
Afg‘oniston narkodilerlari opiatlardan sintetik moddalar va psixotrop vositalar ishlab chiqarishga o‘tayotganini, ularni MDH mamlakatlariga yetkazib berish kanallari kengayib borayotganini ta’kidladi. Bu xavfga qarshi kurashish uchun Kobuldagi hamkasblar bilan faol hamkorlik zarurligini qayd etdi.
Buyuk Britaniya Markaziy Osiyo va Kavkazdan kelgan fuqarolar orasida diniy va milliy kelishmovchilikni kuchaytirish usullarini ishga solmoqda. Britaniya-Ukraina maxsus xizmatlari esa radikal islom tarafdorlarini, jumladan, Yaqin Sharqda xalqaro terroristik tashkilotlar tarkibida jang qilgan shaxslarni qidirib, yollashga e’tibor qaratmoqda.
 Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.10.2025
Xalqaro terrorizm MDH uchun asosiy tahdid bo‘lib qolmoqda – Bortnikov
Yangiliklar lentasi
0