RIA Novosti harbiy muxbiri Ivan Zuyev Ukraina droni zarbasi oqibatida halok bo‘ldi

© RIA NovostiVoyenkor RIA Novosti Ivan Zuyev.
Voyenkor RIA Novosti Ivan Zuyev. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.10.2025
Obuna bo‘lish
Ivan Zuyev bir necha yildan buyon RIA Novostida ishlab kelardi, o‘zining mohir ishi uchun bir necha marta idora va davlat mukofotlari uchun uchun taqdirlangan.
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. RIA Novosti harbiy muxbiri Ivan Zuyev Zaporojye viloyatida halok bo‘ldi, uning hamkasbi Yuriy Voytkevich jiddiy jarohat oldi.
RIA Novostining xabar berishicha, Zuyev jurnalist vazifasini bajarayotgan chog‘da Ukraina droni zarbasi oqibatida halok bo‘lgan.
Rossiya TIVning o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik Rossiya tez orada muxbirlarga hujum qilgan dron operatorlari ma’lumotlarini aniqlashi va uni jazoga tortishiga ishonch bildirdi.
Ivan Zuyev bir necha yildan buyon RIA Novostida ishlab kelardi, o‘zining mohir ishi uchun bir necha marta idora va davlat mukofotlari uchun uchun taqdirlangan. Mart oyida Rossiya prezidenti tashakkurnomasi e’lon qilingan edi.
“Rossiya segodnya” media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov hamdardlik bildirdi va Zuyevni jasur, shijoatli va iqtidorli jurnalist deb atadi.
“Ivan tahririyat topshirig‘ini bajarish chog‘ida Ukraina Qurolli kuchlari droni hujumi oqibatida mardlarcha halok bo‘ldi. Harbiy mojaro hududidagi voqealar haqida haqiqatni aytish uchun u juda ko‘plab ishlar qildi. Biz uning yaqinlari haqida g‘amxo‘rlik qilamiz, va, albatta, do‘stimizning xotirasini yodda saqlaymiz”, - deya ta’kidladi Kiselov.
Shuningdek, u og‘ir yaralangan muxbir Voytkevichni qutqarganlik uchun Rossiya Mudofaa vazirligiga minnatdorlik bildirdi. Voytkevich jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, ahvoli barqaror, tez orada Moskvaga olib kelinishi kerak.
“Rossiya segodnya” media guruhi va RT telekanali bosh muharriri Margarita Simonyan yaralangan harbiy muxbirga tezroq shifo topishini tiladi.
Voytkevich ham anchadan buyon RIA Novostida mehnat qiladi. Qaynoq nuqtalardagi qurolli to‘qnashuvlarni bir necha bor yoritib kelgan. II darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
Eslatamiz, RIA Novostining muxbirlari Andrey Stenin va Rostislav Juravlov ham Kiyev rejimi qurboni bo‘lgan.
Otkritie memorialnoy doski voyenkoru Rostislavu Juravlevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2024
Harbiy muxbir Rostislav Juravlov xotirasiga atalgan yodgorlik lavhasining ochilishi — foto
Yangiliklar lentasi
0