https://oz.sputniknews.uz/20251017/haj-ziyorat-52767425.html
Haj safarida yangi tartib: qaysi kasalligi borlar ziyoratga borolmaydi?
Haj safarida yangi tartib: qaysi kasalligi borlar ziyoratga borolmaydi?
Sputnik O‘zbekiston
“Haj–2026” mavsumida Saudiya Arabistoni haj vizasini faqat “Nusuk” orqali tibbiy guvohnoma olgan ziyoratchilarga beradi. Bir qator kasalliklar bo‘lganlar safarga qo‘yilmaydi.
2025-10-17T10:41+0500
2025-10-17T10:41+0500
2025-10-17T10:41+0500
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
umra
din ishlari bo‘yicha qo‘mita
haj
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27282213_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f55297a0c55ef177a6b6bf614ae3f122.jpg
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Haj–2026 mavsumida Saudiya Arabistoni haj vizasini faqat “Nusuk” orqali tibbiy sog‘lomlik guvohnomasi olgan ziyoratchilarga berishi belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.Bayonotda, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligi ma’lum qilindi: ️Saudiya Haj vazirligining mazkur talablari buzilgan yoki yolg‘on ma’lumot berilgan taqdirda choralar ko‘rilishi bildirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250817/kaba-yopinchigi-ozbekiston-51297287.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/13/27282213_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b6498fd36ac4038baa67a808cd2f04cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
haj 2026, saudiya arabistoni, nusuk platforma, tibbiy guvohnoma, ziyoratchi, sog‘lomlik, haj vizasi, sog‘liqni saqlash vazirligi, kasalliklar ro‘yxati, ziyoratchilar uchun talablar, o‘zbekiston, uzbekiston, xomiladorlik, homiladorlik
haj 2026, saudiya arabistoni, nusuk platforma, tibbiy guvohnoma, ziyoratchi, sog‘lomlik, haj vizasi, sog‘liqni saqlash vazirligi, kasalliklar ro‘yxati, ziyoratchilar uchun talablar, o‘zbekiston, uzbekiston, xomiladorlik, homiladorlik
Haj safarida yangi tartib: qaysi kasalligi borlar ziyoratga borolmaydi?
“Haj–2026”da Saudiya Arabistoni haj vizasini faqat “Nusuk” platformasi orqali tibbiy sog‘lomlik guvohnomasi olgan ziyoratchilarga berishi belgilandi.
TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Haj–2026 mavsumida Saudiya Arabistoni haj vizasini faqat “Nusuk” orqali tibbiy sog‘lomlik guvohnomasi olgan ziyoratchilarga berishi belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati
xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi haj safari bilan shug‘ullanuvchi vazirlik va idoralarga ziyoratchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda haj safariga borish layoqatiga mos kelmaydigan kasallik bor yoki yo‘qligini aniqlash majburiyatini yukladi.
Bayonotda, quyidagi kasalliklarga chalingan ziyoratchilar haj safariga yuborilmasligi ma’lum qilindi:
dializ talab qiladigan buyrak yetishmovchiligi;
Minimal jismoniy yuklamada ham namoyon bo‘luvchi yurak yetishmovchiligi;
davriy yoki doimiy ravishda kisloroddan foydalanishni talab qiluvchi o‘pkaning surunkali kasalliklari;
jigar yetishmovchiligi belgilari bilan kechuvchi jigar sirrozining og‘ir bosqichi;
og‘ir ruhiy va nevrologik buzilishlar;
qarilik demensiyasi kasalliklari;
homiladorlikning oxirgi uch oyi, shuningdek, yuqori xavfga ega bo‘lgan har qanday homiladorlik;
faol yuqumli kasalliklar (shu jumladan, silning ochiq shakli, gemorragik isitmalar va hokazo);
kimoterapiya yoki boshqa immunitetni susaytiruvchi muolajalar davomida kechayotgan faol onkologik kasalliklar.
️Saudiya Haj vazirligining mazkur talablari buzilgan yoki yolg‘on ma’lumot berilgan taqdirda choralar ko‘rilishi bildirilgan.