Markaziy Osiyo va Rossiya rahbarlari xavfsizlik va hamkorlik masalalarini muhokama qiladi

© Sputnik / Zafar Xalilov / Mediabankka o‘tishZasedanie Soveta ministrov inostrannix del SNG
Zasedanie Soveta ministrov inostrannix del SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2025
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda davlat rahbarlari mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. 9 oktabr kuni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari ikkinchi "Markaziy Osiyo - Rossiya" sammitini o‘tkazadi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda davlat rahbarlari ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga doir keng ko‘lamli masalalarni, shuningdek, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va boshqa transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish chora-tadbirlarini muhokama qilishadi.
Sammit yakunida Yakuniy kommunike va Qo‘shma harakatlar rejasini qabul qilish rejalashtirilgan.
V rezidensii Ala-Archa startoval III Mejparlamentskiy forum gosudarstv Sentralnoy Azii
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.09.2025
Bishkekda Markaziy Osiyo parlamentariylari forumi bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0