https://oz.sputniknews.uz/20250919/russia-patent-tizim-52074995.html
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent tizimi bekor qilinishi mumkin
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent tizimi bekor qilinishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putinning parlament fraksiyalari rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida mehnat migrantlari va ularga oid siyosat muhokama qilindi
2025-09-19T10:52+0500
2025-09-19T10:52+0500
2025-09-19T10:52+0500
rossiya
migrantlar
qonun
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32874897_0:44:3077:1775_1920x0_80_0_0_0677958bfbeab357094b131cbf856ab7.jpg
TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning parlament fraksiyalari rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida mehnat migrantlari va ularga oid siyosat muhokama qilindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma’lum bo‘lishicha, “Adolatli Rossiya” partiyasi rahbari Sergey Mironov prezidentga mehnat migrantlari uchun patent tizimini bekor qilish taklifini bergan.Putin bunga javoban migratsiya masalasi rossiyaliklar uchun muhim mavzu ekanini va hukumat muammoni e’tiborsiz qoldirmasligi lozimligini ta’kidlagan.Hozirda Rossiyada vizasiz rejim o‘rnatilgan mamlakatlardan kelgan mehnat migrantlari uchun patent tizimi amal qiladi. Bu ishlash uchun ruxsatnoma bo‘lib, mamlakatga kirgandan so‘ng 30 kun ichida rasmiylashtirilishi kerak.Patent olish uchun xorijiy fuqarolar yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, rus tili, tarixi va qonunchiligini bilishini tasdiqlashi, Ichki ishlar vazirligiga hujjatlar topshirishi hamda davlat bojini to‘lashi talab etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250908/russia-2025-ozbekistonliklar-51805455.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0e/32874897_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_8e4cf67fc0fa7d1d1c1c1fc3d4bf5aac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir putin parlament fraksiya mehnat muhojirlari patent migrant patent otmen bekor
vladimir putin parlament fraksiya mehnat muhojirlari patent migrant patent otmen bekor
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent tizimi bekor qilinishi mumkin
Vladimir Putinga mehnat migrantlari uchun patent tizimini bekor qilish taklif qilindi.
TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning parlament fraksiyalari rahbarlari bilan o‘tkazgan uchrashuvida mehnat migrantlari va ularga oid siyosat muhokama qilindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati
xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, “Adolatli Rossiya” partiyasi rahbari Sergey Mironov prezidentga mehnat migrantlari uchun patent tizimini bekor qilish taklifini bergan.
“Patent tizimini bekor qilish kerak. Belarusda hech qanaqa patent yo‘q. Senga chetdan ishchi kuchi kerakligini isbotla, ularni oilasiz olib kel. Ishladi, pul oldi, ketdi. Biz bu patent tizimini albatta bekor qilish kerak deb hisoblaymiz”, - dedi Mironov.
Putin bunga javoban migratsiya masalasi rossiyaliklar uchun muhim mavzu ekanini va hukumat muammoni e’tiborsiz qoldirmasligi lozimligini ta’kidlagan.
“Migrantlar uchun patent tizimini bekor qilishni o‘ylab ko‘rish lozim. Bu tizim keng qo‘llaniladi, men hech narsani inkor qilmayman. Bu fuqarolar uchun juda sezilarli masala, shuning uchun hokimiyat federal hamda mahalliy darajada muammo yo‘qdek o‘zini tutmasligi kerak. Muammolar bor va ularni hal qilish zarur. Agar doimiy e’tibor qaratilmasa, yechim topish mushkul”, – dedi Putin.
Hozirda Rossiyada vizasiz rejim o‘rnatilgan mamlakatlardan kelgan mehnat migrantlari uchun patent tizimi amal qiladi. Bu ishlash uchun ruxsatnoma bo‘lib, mamlakatga kirgandan so‘ng 30 kun ichida rasmiylashtirilishi kerak.
Patent olish uchun xorijiy fuqarolar yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, rus tili, tarixi va qonunchiligini bilishini tasdiqlashi, Ichki ishlar vazirligiga hujjatlar topshirishi hamda davlat bojini to‘lashi talab etiladi.