https://oz.sputniknews.uz/20251015/eu-uzbekistan-kyrgyzstan-kazakhstan-kambarata-52716843.html
Yevropa Ittifoqi "Qambarota" GESi uchun $2,4 mlrd ajratadi
Yevropa Ittifoqi "Qambarota" GESi uchun $2,4 mlrd ajratadi
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan “Qambarota GES-1” loyihasi uchun 2,4 milliard dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Memorandumlar imzolandi
2025-10-15T15:54+0500
2025-10-15T15:54+0500
2025-10-15T15:59+0500
ges
energetika
elektr energiyasi
hamkorlik
qurilish
loyiha
yevroosiyo taraqqiyot banki (yeotb)
yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (yettb)
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52716639_0:343:2048:1495_1920x0_80_0_0_8ff5da21be2cd017411dc4c2c7c2c903.png
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Yevropa Ittifoqi (YeI) O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirish uchun jami 2,4 milliard dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Loyihada Qirg‘iziston ulushi — 34 foiz, O‘zbekiston va Qozog‘istonniki — 33 foizdan.Har bir davlat o‘z ulushiga mos ravishda elektr energiyasini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu loyiha uch davlatning energetika sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi.YeI mazkur masala bo‘yicha uch davlat bilan ikki tomonlama hujjatlar imzolagan. Mazkur kelishuvlar Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.Ayn damda Qirg‘iziston bilan Yevropa investitsiya banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida memorandumlar imzolangan bo‘lib, har biri 500 million dollargacha mablag‘ ajratishni nazarda tutadi. Memorandumlar “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirishga oid hamkorlik va texnik ko‘mak masalalarini qamrab oladi.Ma’lumot uchun, “Qambarota GES-1” — Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi Norin darosida qurilayotgan eng yirik gidroenergetik inshoot. GESning quvvati 1860 MVt, suv ombori hajmi 5,4 milliard kub metr, to‘g‘on balandligi 256 metr bo‘ladi. Stansiya yiliga o‘rtacha 5,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.Qurilish ishlari taxminan 10-yil davom etadi.
https://oz.sputniknews.uz/20250926/qambarota-ges-vazirlar-uchrashuv-52287809.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0f/52716639_144:242:1870:1536_1920x0_80_0_0_8ca450160e58b3d125783f9a7bb08db3.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qambarota ges-1, yevropa ittifoqi, yei, o‘zbekiston, qirg‘iziston, qozog‘iston, global gateway, yevropa investitsiya banki, yebrr, gidroenergetika, elektr energiyasi, qurilish, loyiha, kozogiston, uzbekiston, kirgiziston, kambarota, kambarata
qambarota ges-1, yevropa ittifoqi, yei, o‘zbekiston, qirg‘iziston, qozog‘iston, global gateway, yevropa investitsiya banki, yebrr, gidroenergetika, elektr energiyasi, qurilish, loyiha, kozogiston, uzbekiston, kirgiziston, kambarota, kambarata
Yevropa Ittifoqi "Qambarota" GESi uchun $2,4 mlrd ajratadi
15:54 15.10.2025 (yangilandi: 15:59 15.10.2025) Loyihada Qirg‘iziston ulushi — 34 foiz, O‘zbekiston va Qozog‘istonniki — 33 foizdan.
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Yevropa Ittifoqi (YeI) O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirish uchun jami 2,4 milliard dollar ajratishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Yevropa Ittifoqi umumiy hisobda loyiha uchun 2,4 milliard dollarlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash paketi shakllantirish niyatini bildirgan. Bu mablag‘lar Yevropa institutlari orqali ajratilishi kutilmoqda.
Loyihada Qirg‘iziston ulushi — 34 foiz, O‘zbekiston va Qozog‘istonniki — 33 foizdan.
Har bir davlat o‘z ulushiga mos ravishda elektr energiyasini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. Bu loyiha uch davlatning energetika sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi.
YeI mazkur masala bo‘yicha uch davlat bilan ikki tomonlama hujjatlar imzolagan. Mazkur kelishuvlar Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.
Ayn damda Qirg‘iziston bilan Yevropa investitsiya banki va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida memorandumlar imzolangan bo‘lib, har biri 500 million dollargacha mablag‘ ajratishni nazarda tutadi. Memorandumlar “Qambarota GES-1” loyihasini moliyalashtirishga oid hamkorlik va texnik ko‘mak masalalarini qamrab oladi.
Ma’lumot uchun, “Qambarota GES-1” — Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi Norin darosida qurilayotgan eng yirik gidroenergetik inshoot. GESning quvvati 1860 MVt, suv ombori hajmi 5,4 milliard kub metr, to‘g‘on balandligi 256 metr bo‘ladi. Stansiya yiliga o‘rtacha 5,6 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.
Qurilish ishlari taxminan 10-yil davom etadi.