Markaziy Osiyo yirik loyihasi — Qambarota GES-1 bo‘yicha vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba Ministerstva energetiki Kirgizskoy RespublikiV Brussele sostoyalsya "krugliy stol" ministrov po Kambaratinskoy GES-1
V Brussele sostoyalsya krugliy stol ministrov po Kambaratinskoy GES-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetika vazirlari Markaziy Osiyo energetika xavfsizligi va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan "Qambarota GES-1" loyihasi muhokama etdi
TOShKENT, 26 sen — Sputnik. 2025 yil 25–26 sentabr kunlari Brusselda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika vazirlari “Qambarota GES-1” loyihasini tayyorlash bo‘yicha uchinchi davra suhbatida ishtirok etdi. Bu haqda Qirg‘iziston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Jahon banki ko‘magida tashkil etildi. Tadbirda uch mamlakat vazirlari Jo‘rabek Mirzamahmudov, Yerlan Akkenjenov va Taalaybek Ibrayev hamda moliya va suv resurslari idoralari vakillari ishtirok etdi.
Suhbatda Qirg‘izistonning Norin darosida quriladigan 1860 megavatt quvvatga ega “Qambarota GES-1” bo‘yicha keyingi qadamlar, yangilangan moliyaviy ehtiyojlar va xalqaro moliya institutlari ishtirokida loyihani moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Vazirlar mazkur loyihani mintaqaviy xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlash katalizatori sifatida baholab, uni amalga oshirishga siyosiy sodiqligini tasdiqladilar. Uchrashuv yakunida qo‘shma harakatlar va loyihani tayyorlash muddatlari kelishib olindi.
© Press-slujba Ministerstva energetiki Kirgizskoy RespublikiV Brussele sostoyalsya "krugliy stol" ministrov po Kambaratinskoy GES-1
V Brussele sostoyalsya krugliy stol ministrov po Kambaratinskoy GES-1 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.09.2025
V Brussele sostoyalsya "krugliy stol" ministrov po Kambaratinskoy GES-1
Shuningdek, donor tashkilotlar bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilib, Jahon banki, Yevropa Ittifoqi, YeTTB, Osiyo taraqqiyot banki, ITB, CDP, Rotshild banki va OPEK Jamg‘armasi vakillari ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Qambarota GES-1 - Qirg‘izistonning Norin darosida qurilayotgan gidroelektr stansiyasi. Qurilish ishlari yakunlangach, u Markaziy Osiyodagi eng yirik GESdan biriga aylanadi. Stansiyaning o‘rnatilgan quvvati 1880 MVtni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, O‘zbekistondagi eng kuchli - Chorvoq GES 635 MVt quvvatga ega.
Djurabek Mirzamaxmudov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2025
Mirzamahmudov: “Qambarota GES-1” loyihasini xalqaro standartlar asosida amalga oshiramiz
Yangiliklar lentasi
0