https://oz.sputniknews.uz/20250805/ozbekiston-bmt-51065449.html
O‘zbekiston BMT shafeligida global tranzit kafolatlarini yaratishni taklif qildi
O‘zbekiston BMT shafeligida global tranzit kafolatlarini yaratishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. U tranzit kafolatlari... 05.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-05T16:41+0500
2025-08-05T16:41+0500
2025-08-05T17:37+0500
o‘zbekiston
antoniu guterrish
turkmaniston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
bmt
xalqaro konferensiya
siyosat
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/05/51066387_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_a1f5200180c7acd2130a28608a36735b.jpg
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahridagi "Avaza" turizm zonasida bo‘lib o‘tgan BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etdi. Bu haqda prezident mabuot xizmati xabar berdi.Konferensiyada BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, shuningdek, boshqa qator davlat va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.Anjumanda transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, savdoni soddalashtirish, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi.Mirziyoyev konferensiyada muhokama qilinayotgan masalalar hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanini, chunki dengiz portlaridan jo‘g‘rofiy uzoqlik va bir necha mamlakat hududlarini kesib o‘tish zarurati bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi.Tariflarning yuqoriligi, transport yo‘laklari va infratuzilmasining cheklanganligi, boshqa mamlakatlarning bojxona-tranzit siyosatiga qaramlik shular jumlasidanJahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo tovar narxining 60 foizini tashkil etuvchi logistika xarajatlari tufayli har yili yalpi ichki mahsulotning 2 foizini yo‘qotmoqda - bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha baravar yuqori. Shu bois yangi ishonchli tranzit yo‘laklarini rivojlantirish barqaror o‘sishning muhim shartiga aylanmoqda.Prezident Mirziyoyev kun tartibida adolat masalasi - dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi teng ishtirokini ta’minlash masalasi turganini ta’kidladi. Ushbu dolzarb muammoni hal qilish uchun uchta prinsipial shartni bajarish lozim- infratuzilmani modernizatsiya qilish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va rivojlanish huquqini ta’minlashdir.O‘zbekistonda bu sohada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda: xususiy sektor ishtirokida zamonaviy logistika tarmog‘i shakllantirilmoqda, savdo-transport jarayonlari raqamlashtirilmoqda, investitsiya muhiti yaxshilanmoqda. Islohotlar natijasida raqobatbardoshlik oshdiva innovatsion rivojlanish jadallashdi.Markaziy Osiyo yagona transport-logistika makoniga aylanib, Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasidagi tranzit xabi sifatidagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi 4,5 barobar, investitsiyalar 2 barobar, qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘paydi.Joriy yilda hamkorlar bilan “Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi boshlandi, “O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron – Turkiya” transport yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshdi.O‘zbekiston rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi, jumladan:O‘zbekistonda agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha Innovatsion xabni tashkil etish taklifini amalga oshirish muhimligiga e’tibor qaratildi.Prezident, shuningdek, tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda ishlash uchun xalqaro ekspertlar va tahliliy markazlarni jalb qilish muhimligini ta’kidladi.Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar uchun xalqaro tahliliy markaz faoliyatiga qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qildi hamda O‘zbekiston adolatli global taraqqiyot yo‘lida uzoq muddatli sheriklikka tayyor ekanini tasdiqladi.Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi qabul qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250805/bmt-ozbekiston-agroinnovatsion-markaz-51053678.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/05/51066387_79:0:1216:853_1920x0_80_0_0_8788d18d7b653a62df3692156fd1af19.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, antoniu guterrish, turkmaniston, qozog‘iston, qirg‘iziston, tojikiston, bmt, xalqaro konferensiya, siyosat, shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston, antoniu guterrish, turkmaniston, qozog‘iston, qirg‘iziston, tojikiston, bmt, xalqaro konferensiya, siyosat, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston BMT shafeligida global tranzit kafolatlarini yaratishni taklif qildi
16:41 05.08.2025 (yangilandi: 17:37 05.08.2025) Shavkat Mirziyoyev BMT konferensiyasida dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi. U tranzit kafolatlari bo‘yicha global kelishuv tuzishni taklif qildi.
TOShKENT, 5 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahridagi "Avaza" turizm zonasida bo‘lib o‘tgan BMTning dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida ishtirok etdi. Bu haqda prezident mabuot xizmati
xabar berdi. Konferensiyada BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari, shuningdek, boshqa qator davlat va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ham ishtirok etdi.
Anjumanda transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, savdoni soddalashtirish, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev konferensiyada muhokama qilinayotgan masalalar hayotiy muhim ahamiyatga ega ekanini, chunki dengiz portlaridan jo‘g‘rofiy uzoqlik va bir necha mamlakat hududlarini kesib o‘tish zarurati bir qator obyektiv muammolarni keltirib chiqarayotganini ta’kidladi.
Tariflarning yuqoriligi, transport yo‘laklari va infratuzilmasining cheklanganligi, boshqa mamlakatlarning bojxona-tranzit siyosatiga qaramlik shular jumlasidan
Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo tovar narxining 60 foizini tashkil etuvchi logistika xarajatlari tufayli har yili yalpi ichki mahsulotning 2 foizini yo‘qotmoqda - bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan bir necha baravar yuqori. Shu bois yangi ishonchli tranzit yo‘laklarini rivojlantirish barqaror o‘sishning muhim shartiga aylanmoqda.
Prezident Mirziyoyev kun tartibida adolat masalasi - dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotidagi teng ishtirokini ta’minlash masalasi turganini ta’kidladi. Ushbu dolzarb muammoni hal qilish uchun uchta prinsipial shartni bajarish lozim- infratuzilmani modernizatsiya qilish, o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish va rivojlanish huquqini ta’minlashdir.
O‘zbekistonda bu sohada tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda: xususiy sektor ishtirokida zamonaviy logistika tarmog‘i shakllantirilmoqda, savdo-transport jarayonlari raqamlashtirilmoqda, investitsiya muhiti yaxshilanmoqda. Islohotlar natijasida raqobatbardoshlik oshdiva innovatsion rivojlanish jadallashdi.
Markaziy Osiyo yagona transport-logistika makoniga aylanib, Sharq va G‘arb, Shimol va Janub o‘rtasidagi tranzit xabi sifatidagi o‘rnini mustahkamlab bormoqda. Keyingi yillarda o‘zaro savdo hajmi 4,5 barobar, investitsiyalar 2 barobar, qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘paydi.
Joriy yilda hamkorlar bilan “Xitoy - Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi boshlandi, “O‘zbekiston - Turkmaniston - Eron – Turkiya” transport yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi sezilarli darajada oshdi.
O‘zbekiston rahbari qator tashabbuslarni ilgari surdi, jumladan:
O‘rta yo‘lak salohiyatini, eng avvalo, o‘zaro kelishilgan tranzit siyosatini yuritish, qoidalarni unifikatsiya qilish va konteyner tashuvlari uchun maqbul tariflarni joriy etish orqali to‘liq ishga solish;
BMT shafeligida dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlar uchun tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqish;
BMT shafeligida bunday mamlakatlarning logistika integratsiyasiga ko‘maklashish jamg‘armasini tashkil etish;
cheklovlarni xolisona baholash va resurslarni adolatli taqsimlash uchun dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan mamlakatlarning Global zaiflik indeksini joriy etish.
O‘zbekistonda agrar sohani rivojlantirish bo‘yicha Innovatsion xabni tashkil etish taklifini amalga oshirish muhimligiga e’tibor qaratildi.
Prezident, shuningdek, tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha birgalikda ishlash uchun xalqaro ekspertlar va tahliliy markazlarni jalb qilish muhimligini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lmagan davlatlar uchun xalqaro tahliliy markaz faoliyatiga qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qildi hamda O‘zbekiston adolatli global taraqqiyot yo‘lida uzoq muddatli sheriklikka tayyor ekanini tasdiqladi.
Konferensiya yakunida Avaza siyosiy deklaratsiyasi qabul qilindi.