https://oz.sputniknews.uz/20251015/aholi-zargar-buyum-talab-52717912.html
Prezident zargarlarni qo‘llab-quvvatlovchi qarorni imzoladi
Prezident zargarlarni qo‘llab-quvvatlovchi qarorni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentning PQ-303-sonli qaroriga ko‘ra, zargarlik sohasi tadbirkorlariga berilgan chegirmalar 2029-yil 1-fevralgacha uzaytirildi va yangi mezonlar belgilandi.
2025-10-15T16:24+0500
2025-10-15T16:24+0500
2025-10-16T18:58+0500
o‘zbekiston
zargarlik buyumlari
yangi qonun
tadbirkor
imtiyoz
soliq
prezident
yangi ish o‘rinlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1341/61/13416175_0:13:1100:632_1920x0_80_0_0_07fe3946a14213a8b8d11216c3caadf3.jpg
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. “Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–303-sonli prezident qarori qabul qilindi. Qarordan ko‘zlangan maqsad, zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish etib belgilandi.2026 yil 1-fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:
https://oz.sputniknews.uz/20250526/toshkent-andijon-xiva-zargarlik-markaz-49548037.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1341/61/13416175_120:0:980:645_1920x0_80_0_0_f8f5cf2c4a105b2f3fdd688c01c5621b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zargarlik, prezident qarori, pq-303, imtiyozlar, chegirmalar, tadbirkorlik, qimmatbaho metallar, ish o‘rinlari, mahalliy ishlab chiqarish, soliq organlari, zargarlar, oltin, tillo
zargarlik, prezident qarori, pq-303, imtiyozlar, chegirmalar, tadbirkorlik, qimmatbaho metallar, ish o‘rinlari, mahalliy ishlab chiqarish, soliq organlari, zargarlar, oltin, tillo
Prezident zargarlarni qo‘llab-quvvatlovchi qarorni imzoladi
16:24 15.10.2025 (yangilandi: 18:58 16.10.2025) Hujjatga ko‘ra, qimmatbaho metallar savdosidagi chegirmalar uzaytirildi va sohada yangi talablar joriy etiladi
TOShKENT, 15 okt – Sputnik. “Zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–303-sonli prezident qarori qabul qilindi.
Qarordan ko‘zlangan maqsad, zargarlik sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘maklashish hamda aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish etib belgilandi.
2022 yil 23-dekabrdagi PQ–452-sonli Prezident qaroriga muvofiq qimmatbaho metallarni birja savdolari hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotishda beriladigan chegirmalarning amal qilish muddati 2029-yil 1-fevralga qadar uzaytirildi.
2026 yil 1-fevraldan boshlab chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini shakllantirishda quyidagi qo‘shimcha mezonlar inobatga olinadi:
yaratilgan yangi ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan zargarlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgani va ularga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining to‘rt baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi hisoblangani hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangani;
zargarlik markazlarida kamida bir oy davomida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘lishi.