O‘zbekiston hududlarida zargarlik markazlari ochiladi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn Buxari
Povsednevnaya jizn Buxari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Obuna bo‘lish
Barcha hududlarda oltin zaxirasi yaratiladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston hududlarida bosqichma-bosqich zargarlik markazlari ochiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda faqat milliy mahsulotlar sotiladigan yirik savdo markazlari ishga tushiriladi
Qayd etilishicha, o‘gan yili zargarlik tarmog‘ida ishlab chiqarish 200 million dollardan oshgan, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million dollarga yetgan.
“Endi zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi. Chet eldan mutaxassis olib kelish xarajatining 2,5 ming dollargacha qismi kamida 5 nafar shogird chiqarish sharti bilan qoplab beriladi”, — deyiladi xabarda.
Bu sohada ham sanoat usuliga o‘tish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. Xususan, zargarlikda ishlatiladigan uskunalar va ularning butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi. Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlaridan oltinni bo‘lib to‘lash asosida sotib olish tartibi yana 3-yilga uzaytiriladi.
Nufuzli brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularning dizayni va qolipini olib kelish xarajatining 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.
“Turkiya, Dubay va Misr tajribasi asosida Toshkent, Andijon va Xivada zargarlik markazlari ochildi. Endi bunday majmualar boshqa hududlarimizda ham bosqichma-bosqich tashkil etiladi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Zargarlarni xomashyo bilan barqaror ta’minlash uchun bu yil birjaga chiqariladigan oltin hajmi 6 tonnadan 8 tonnaga oshiriladi. Barcha hududlarda oltin zaxirasi yaratiladi.
V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2024
Toshkent va Namangan viloyatida maxsus zargarlik markazlari tashkil etiladi
Yangiliklar lentasi
0