https://oz.sputniknews.uz/20251014/suv-soha-ozgarishlar-52677763.html
Suv xo‘jaligidagi taqdimot: sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Suv xo‘jaligidagi taqdimot: sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev suv xo‘jaligini raqamlashtirish, “Suv hisobi” tizimini joriy etish va xususiy sheriklik orqali samaradorlikni oshirish choralarini belgiladi
2025-10-14T09:10+0500
2025-10-14T09:10+0500
2025-10-14T10:12+0500
o‘zbekiston
jamiyat
raqamli texnologiyalar
shavkat mirziyoyev
suv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0e/52679837_0:192:2500:1598_1920x0_80_0_0_0eaf103604af8890420cf5e9de886029.jpg
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, mamlakatda 50 ming kilometrlik sug‘orish tarmoqlari, 1,6 ming nasos stansiyasi va 10 mingdan ziyod suv obyektlari faoliyat yuritmoqda.Taqdimotda aytilishicha, yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi. Bu hisob-kitoblarda inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi.Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash uchun tizim “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasi bilan integratsiya qilinadi. Shu orqali sug‘oriladigan yerlar, ekin turlari va suv limitlari haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanib boradi.Quyi bo‘g‘inda o‘zgaruvchan boshqaruv tizimi joriy etilib, xizmat samaradorligi KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Xodimlarni rag‘batlantirish yetkazilgan va foydalanilgan suv hajmlari o‘rtasidagi tafovut asosida amalga oshiriladi.Shuningdek, suv solig‘idan tushgan mablag‘larning 40 foizi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish imkoni beriladi.Hususiy sherik suv limiti doirasida suv yetkazadi, suv solig‘ining 40 foizi unga to‘lab beriladi, bu mablag‘lar esa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.Bundan tashqari, “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 2025–2026 yillarda har bir tumanda bittadan o‘quv dala tashkil etilib, jami 3,5 ming gektar maydon qamrab olinadi.Prezident sohadagi vazifalarni belgilab, tegishli hujjatlarni imzoladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250915/suv-sojaligi-strategiya-51971581.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0e/52679837_58:0:2443:1789_1920x0_80_0_0_e7912b261f5334743b04a6739a2dce0e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
prezident, shavkat mirziyoyev, suv xo‘jaligi, raqamlashtirish, suv hisobi, nasos stansiyasi, xususiy sheriklik, chortoq tajribasi, raqamli qishloq xo‘jaligi, suv resursi, kpi, davlat suv kadastri, o‘zbekiston, uzbekiston, rakamlashtirish, suv hisobi, suv xisobi
prezident, shavkat mirziyoyev, suv xo‘jaligi, raqamlashtirish, suv hisobi, nasos stansiyasi, xususiy sheriklik, chortoq tajribasi, raqamli qishloq xo‘jaligi, suv resursi, kpi, davlat suv kadastri, o‘zbekiston, uzbekiston, rakamlashtirish, suv hisobi, suv xisobi
Suv xo‘jaligidagi taqdimot: sohada qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
09:10 14.10.2025 (yangilandi: 10:12 14.10.2025) Yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish hamda sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish masalalari yuzasidan taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda 50 ming kilometrlik sug‘orish tarmoqlari, 1,6 ming nasos stansiyasi va 10 mingdan ziyod suv obyektlari faoliyat yuritmoqda.
Taqdimotda aytilishicha, yangi yondashuv asosida suv hisobini yuritish to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi. “Suv hisobi” axborot platformasi orqali foydalanilgan suv miqdori aniq hisoblanib, iste’molchilarga elektron ravishda ma’lum qilinadi. Bu hisob-kitoblarda inson omilini kamaytiradi, qog‘ozbozlikni bartaraf etadi va resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi.
Ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash uchun tizim “Raqamli qishloq xo‘jaligi” platformasi bilan integratsiya qilinadi. Shu orqali sug‘oriladigan yerlar, ekin turlari va suv limitlari haqidagi ma’lumotlar avtomatik yangilanib boradi.
Suv xo‘jaligi vazirligi qoshida “Suv xo‘jaligini raqamlashtirish va monitoring markazi” hamda “Davlat suv kadastri” axborot tizimi yaratiladi. Ular suv resurslariga oid ma’lumotlarni yagona bazada jamlaydi.
Quyi bo‘g‘inda o‘zgaruvchan boshqaruv tizimi joriy etilib, xizmat samaradorligi KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Xodimlarni rag‘batlantirish yetkazilgan va foydalanilgan suv hajmlari o‘rtasidagi tafovut asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, suv solig‘idan tushgan mablag‘larning 40 foizi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish imkoni beriladi.
2026 yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlaridagi nasos stansiyalarning yarmi, 2027-yilda esa Namanganda barchasi xususiy sheriklikka o‘tkaziladi. Bu yo‘nalishda “bir nasos – bir tizim” tamoyili asosida “Chortoq tajribasi” amalga oshiriladi.
Hususiy sherik suv limiti doirasida suv yetkazadi, suv solig‘ining 40 foizi unga to‘lab beriladi, bu mablag‘lar esa nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, “Suvchilar maktabi” loyihasi doirasida 2025–2026 yillarda har bir tumanda bittadan o‘quv dala tashkil etilib, jami 3,5 ming gektar maydon qamrab olinadi.
Prezident sohadagi vazifalarni belgilab, tegishli hujjatlarni imzoladi.