Mirziyoyev va Putin ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashni muhokama qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali suhbatlashdi. Suhbatda ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida ikki davlat rahbarlari dolzarb hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Prezidentlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning asosiy ko‘rsatkichlari o‘sish sur’atini saqlab qolish, shuningdek, ikki mamlakat hududlari darajasidagi kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishdi.
Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at va ta’lim sohalarida, shu jumladan, muhandis kadrlarni tayyorlash borasida kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.10.2025
Mirziyoyev: Rossiya biz uchun muhim sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi
Yangiliklar lentasi
0