https://oz.sputniknews.uz/20251010/mirziyoev-rossiya-ittifoqchi-52592426.html
Mirziyoyev: Rossiya biz uchun muhim sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi
Mirziyoyev: Rossiya biz uchun muhim sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya biz uchun muhim, ustuvor strategik sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda so‘zlagan nutqida. Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Markaziy Osiyo bilan keng ko‘lamli strategik sheriklikni rivojlantirishning qat’iy tarafdori bo‘lib kelayotgani uchun samimiy tashakkur izhor etdi.
2025-10-10T10:30+0500
2025-10-10T10:30+0500
2025-10-10T10:30+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
rossiya
o‘zbekiston
sammit
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0a/52592591_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_f44719a23efc23d35a05ab57dd02175b.jpg
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya biz uchun muhim, ustuvor strategik sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda so‘zlagan nutqida.Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Markaziy Osiyo bilan keng ko‘lamli strategik sheriklikni rivojlantirishning qat’iy tarafdori bo‘lib kelayotgani uchun samimiy tashakkur izhor etdi.Qayd etilishicha, Rossiya rahbarining mintaqa bilan ittifoqchilik munosabatlari va ko‘pqirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalaridagi doimiy qo‘llab-quvvatlashi va shaxsiy e’tiborini O‘zbekiston doimo his etib kelgan va qadrlaydi.Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan birga, geosiyosiy ziddiyatlar va jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari kuchayib borayotgani, yangi xavf va tahdidlar mintaqada barqarorlikni ta’minlash yo‘lida format doirasida yanada yaqin muvofiqlashtirish va hamkorlikni talab etmoqda.Bozorlarda noqulay konyunktura saqlanib qolayotgan va tashqi ta’sirlar kuchayib borayotgan sharoitda o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga erishilmoqda.Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha va joriy yilda O‘zbekistonning Rossiya va mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasi 15 foizga o‘sdi.So‘zining yakunida Mirziyoyev mintaqaning barcha mamlakatlari xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash yo‘lida Rossiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qat’iy ekanini yana bir bor ta’kidladi.Dushanbeda "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit bo‘lib o‘tdi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20251009/markaziy-osiyo-rossiya-sammit-mirziyoev-52586725.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0a/52592591_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9d32e3f6672025982e6f7cfce8f33101.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev "markaziy osiyo - rossiya" formatidagi ikkinchi sammit nutq rossiya
o‘zbekiston prezidenti shavkat mirziyoyev "markaziy osiyo - rossiya" formatidagi ikkinchi sammit nutq rossiya
Mirziyoyev: Rossiya biz uchun muhim sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi
Mirziyoyev Rossiya prezidentiga MO bilan keng ko‘lamli strategik sheriklikni rivojlantirish tarafdori bo‘lib kelayotgani uchun minnatdorlik bildirib, uning tabiiy sheriklar bo‘lgan mamlakatlarimiz hamkorligiga yangi sur’at berishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya biz uchun muhim, ustuvor strategik sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday bo‘lib qoladi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbedagi "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammitda so‘zlagan
nutqida. Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Markaziy Osiyo bilan keng ko‘lamli strategik sheriklikni rivojlantirishning qat’iy tarafdori bo‘lib kelayotgani uchun samimiy tashakkur izhor etdi.
Qayd etilishicha, Rossiya rahbarining mintaqa bilan ittifoqchilik munosabatlari va ko‘pqirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalaridagi doimiy qo‘llab-quvvatlashi va shaxsiy e’tiborini O‘zbekiston doimo his etib kelgan va qadrlaydi.
“Rossiya biz uchun muhim, ustuvor strategik sherik va ittifoqchi bo‘lib kelgan, hozir ham shunday va kelgusida ham shunday bo‘lib qolishini ta’kidlayman. Umumiy tarix, ko‘pasrlik aloqalar, xalqlarimizning madaniy va dunyoqarash jihatdan yaqinligi, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona va ishonchli munosabatlar bunday hamkorlikning mustahkam va o‘zgarmas asosi hisoblanadi”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan birga, geosiyosiy ziddiyatlar va jahon iqtisodiyotida inqiroz holatlari kuchayib borayotgani, yangi xavf va tahdidlar mintaqada barqarorlikni ta’minlash yo‘lida format doirasida yanada yaqin muvofiqlashtirish va hamkorlikni talab etmoqda.
“Biz mintaqamizning Rossiya bilan iqtisodiy sherikligini tubdan kengaytirishdan manfaatdormiz. Buni birgalikdagi faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi, deb hisoblaymiz”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Bozorlarda noqulay konyunktura saqlanib qolayotgan va tashqi ta’sirlar kuchayib borayotgan sharoitda o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarida ijobiy o‘sish sur’atlarini ta’minlashga erishilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha va joriy yilda O‘zbekistonning Rossiya va mintaqa mamlakatlari bilan o‘zaro tovar aylanmasi 15 foizga o‘sdi.
So‘zining yakunida Mirziyoyev mintaqaning barcha mamlakatlari xavfsizligi, barqaror taraqqiyoti va ravnaqini ta’minlash yo‘lida Rossiya bilan ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga intilishi qat’iy ekanini yana bir bor ta’kidladi.
Dushanbeda "Markaziy Osiyo - Rossiya" formatidagi ikkinchi sammit bo‘lib o‘tdi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov qatnashdi.