Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

G‘azo bo‘yicha sammit Falastin muammosini hal etish uchun muhim edi – Abbos

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Palestini M. Abbasom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Palestini M. Abbasom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.10.2025
Obuna bo‘lish
Falastin prezidentining ta’kidlashicha, tinchlik sammiti G‘azo sektorini qayta tiklash bilan mustahkamlanishi shart.
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Misrning Sharm ash-Shayx shahrida bo‘lib o‘tgan G‘azo sektori bo‘yicha sammit Falastin muammosi uchun juda muhim edi, unda asosiy masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Falastin prezidenti Mahmud Abbos RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Ko‘pchilik ishtirokida o‘tgan bu sammit Falastin muammosi uchun juda muhim edi”, - dedi Falastin yetakchisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitda asosiy masalalar, jumladan, o‘t ochishni to‘xtatish, oziq-ovqat va Isroil qo‘shinlarining olib chiqib ketilishi muhokama qilingan.
Abbosning ta’kidlashicha, tinchlik sammiti G‘azo sektorini qayta tiklash bilan mustahkamlanishi shart. Bu ham xalqaro, ham arab davlatlarining sa’y-harakatlarini talab etadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Sharm ash-Shayxdagi sammitda G‘azodagi mojaroni tinch hal etishga oid keng qamrovli hujjat imzolashdi.
V ojidanii osvobojdeniya izrailskix zalojnikov, uderjivayemix v Gaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
Isroil-Falastin mojarosi
Isroilga G‘azo sektoridagi garovdagilarning birinchi guruhi topshirildi
Yangiliklar lentasi
0