Isroil-Falastin mojarosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.11.2023
Isroil-Falastin mojarosi
Isroil-Falastin mojarosi oktabr boshida XAMAS zarbasidan so‘ng qaytadan avj oldi. Isroil "G‘azo" sektorini bombardimon qildi va to‘liq blokadaga oldi.

Isroilga G‘azo sektoridagi garovdagilarning birinchi guruhi topshirildi

© AP Photo / Oded BaliltyV ojidanii osvobojdeniya izrailskix zalojnikov, uderjivayemix v Gaze
V ojidanii osvobojdeniya izrailskix zalojnikov, uderjivayemix v Gaze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
Obuna bo‘lish
Isroil topshirishi kerak bo‘lgan 1966 nafar falastinlik mahbuslar allaqachon avtobusga o‘tirgan.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Isroil harbiylari G‘azo sektoridagi garovdagilarning birinchi guruhini oldi, deya xabar berdi Isroilning “Kan” teleradiokompaniyasi.

“Qizil xoch yetti nafar o‘g‘irlanganlarni topshirdi. <...> Sog‘liqni saqlash tizimida ular yura olishi va qoniqarli ahvolda ekanini ma’lum qilishdi”, - deyiladi RIA Novosti iqtibos keltirgan xabarda.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, tirik garovdagilarni ikki bosqichda ozod qilishadi. Ikkinchi guruh ham yaqin soatlarda ozod qilinishi kutilmoqda.
“Reuters” ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil topshirishi kerak bo‘lgan 1966 nafar falastinlik mahbuslar allaqachon avtobusga o‘tirgan.
Eslatamiz, G‘azodagi jangovar harakatlar 10-oktabr kuni yakunlandi. Bunga qadar HAMAS harakati va Tel-Aviv mojaroni yakunlashga oid rejaning birinchi bosqichini bajarishga kelishib oldi.
Tisachi palestinsev peshkom idut k svoim domam v sektore Gaza  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2025
Isroil-Falastin mojarosi
Minglab falastinliklar G‘azo sektoriga qaytmoqda
Yangiliklar lentasi
0