Prezident Rustam Ahmedovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.10.2025
Obuna bo‘lish
Prezident va davlat rahbariyati Rustam Ahmedovning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildirib, uning Vatan oldidagi xizmatlarini yuksak baholashdi.
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev, Qurolli Kuchlarning taniqli namoyandasi, O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, general-polkovnik Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Shuningdek, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, Bosh vazir Abdulla Aripov, Davlat xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov va mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuxamedov ta’ziya izhor etgan.
Rustam Ahmedov mustaqil O‘zbekiston milliy armiyasini tashkil etish va davlat mudofaa tizimini yaratishda katta xizmat ko‘rsatgan. U 1991–1997 yillarda mamlakatning birinchi mudofaa vaziri, shuningdek, bir muddat Milliy gvardiya qo‘mondoni sifatida faoliyat yuritdi.
Shu davrda mudofaa tizimida harbiy okruglar tashkil etildi, Bosh shtab qayta tuzildi va harbiy qismlarning boshqaruv tizimi takomillashtirildi. Keyinchalik u Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida ham samarali ishladi.
Faxriy general Vatan mudofaasi tizimini takomillashtirishda hamda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutdi.

"Taniqli harbiy qo‘mondon, samimiy va kamtarin inson Rustam Ahmedovning xotirasi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi", — deyiladi ta’ziyada.

Rustam Axmedov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2025
O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri Rustam Ahmedov vafot etdi
Yangiliklar lentasi
0