https://oz.sputniknews.uz/20251013/kazakhstan-jarroh-uzbekistan-operatsiya-52654063.html
Qozog‘iston jarrohlari O‘zbekistonda 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi
Qozog‘iston jarrohlari O‘zbekistonda 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonning A.N. Sizganov nomidagi markaz yetakchi jarrohlari Toshkent va Qarshida 17 ta murakkab operatsiya va mahorat darslarini o‘tkazdilar. Shu bilan birga V. Vohidov markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
2025-10-13T11:14+0500
2025-10-13T11:14+0500
2025-10-13T11:14+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
o‘zbekiston
qozog‘iston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0d/52653732_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_bd273224aff7bbb777e896b9ca6d9ac3.jpg
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Qozog‘istonning A.N. Sizganov nomidagi markaz yetakchi jarrohlari Toshkent va Qarshida 17 ta murakkab operatsiya hamda bir qator mahorat darslarini o‘tkazishdi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Shuningdek, ushbu markaz va V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvi va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish niyati belgilangan.Kardiologiya markazining Qarshi filialida ham mitral klapanlarni protezlash va chap bo‘lmacha miksomasini olib tashlash kabi operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi.Qozog‘istonlik mutaxassislar mahalliy jarrohlik maktabining yutuqlari va zamonaviy davolash texnologiyalarini namoyon etib, o‘zbekistonlik bemorlarga salomatlikni tiklashga yordam berdilar.
https://oz.sputniknews.uz/20251009/cis-tibbiyot-hamkorlik-kelishuv-52579544.html
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0a/0d/52653732_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_f5463602853a489bd80d27ff59a7e41e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, o‘zbekiston, a.n. sizganov markazi, vohidov markazi, jarrohlik, mahorat darsi, operatsiya, tibbiyot hamkorligi, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik, toshkent, qarshi, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, kozogiston, uzbekiston, sizganov, vrachlar
qozog‘iston, o‘zbekiston, a.n. sizganov markazi, vohidov markazi, jarrohlik, mahorat darsi, operatsiya, tibbiyot hamkorligi, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik, toshkent, qarshi, zamonaviy tibbiy texnologiyalar, kozogiston, uzbekiston, sizganov, vrachlar
Qozog‘iston jarrohlari O‘zbekistonda 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi
Sizganov markazi jarrohlari Toshkent va Qarshida 17 ta murakkab operatsiya o‘tkazdilar. Shuningdek, V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazi bilan memorandum imzolandi
TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Qozog‘istonning A.N. Sizganov nomidagi markaz yetakchi jarrohlari Toshkent va Qarshida 17 ta murakkab operatsiya hamda bir qator mahorat darslarini o‘tkazishdi. Bu haqda Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Shuningdek, ushbu markaz va V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatda qo‘shma ilmiy loyihalarni rivojlantirish, mutaxassislar almashinuvi va tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish niyati belgilangan.
Tashrif doirasida gepatobiliar, endoskopik, kardiojarrohlik va endovaskulyar yo‘nalishlarda mahorat darslari o‘tkazilib, jigar va o‘t yo‘llariga laparoskopik operatsiyalar, qizilo‘ngach o‘smalari va bo‘lmachalar fibrillyatsiyasida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari amalga oshirildi.
Kardiologiya markazining Qarshi filialida ham mitral klapanlarni protezlash va chap bo‘lmacha miksomasini olib tashlash kabi operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi.
Qozog‘istonlik mutaxassislar mahalliy jarrohlik maktabining yutuqlari va zamonaviy davolash texnologiyalarini namoyon etib, o‘zbekistonlik bemorlarga salomatlikni tiklashga yordam berdilar.